"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Aston Villa»dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi:
«Biz juda yaxshi birinchi bo‘lim o‘tkazdik, lekin ikkinchi bo‘limni esa rasvo qildik. Biz pressingni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik, chunki Jon [Stounz] o‘yinni davom ettira olmadi [jarohat tufayli]. «Aston Villa»ni tabriklayman va ularga shunday ruhda davom etishini tilayman.
Ular o‘rta chiziqda juda kuchli. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, hatto «MYU»ga qarshi o‘yinga qaraganda ko‘proq. Lekin ikkinchi bo‘limda tempni tushirdik va pressingimiz yetarli darajada yaxshi bo‘lmadi.
Biz qiyinchiliklarga duch keldik va hech narsa qilolmadik. Oxirida gol urdik, ammo bu juda kech bo‘ldi. Biz imkoniyatlardan yaxshi foydalanmayapmiz va gol o‘tkazib yuborayapmiz».
Ishonchni qayta tiklash haqida
«Qadamma-qadam. Jamoamizda kuchli shaxsiyatlar bor va ertami-kechmi biz bu ishonchni tiklaymiz».
Yondoshuvni o‘zgartirish zaruriyati haqida
«Ha, men bunga harakat qilishim kerak. Futbolchilarimni qo‘llab-quvvatlash – mana shuni o‘zgartirishim zarur», – dedi «Manchester Siti» bosh murabbiyi TNT Sports’ga bergan intervyusida.