Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Messi"da Messi rolini ijro etgan Valentino

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Argentinalik navqiron iqtidorlar faoliyatiga bag‘ishlangan hikoyamizning nav­batdagi qahramoni Valentino Akunya.

Valentino Andres Akunya 2006 yilning 27 yanvarida Santa-Fe provinsiyasining Rosario shahrida tavallud topgan. Valentino o‘zining faoliyatini 3 yoshli paytida mahalliy «Bancaria» jamoasida boshlagan, lekin 2010 yilda «Nyuells Old Boyz» klubi akademiyasiga o‘tgan va dastlabki bolalar turnirida Braziliyaning «Botafogo» klubiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgandi.

2014 yilda «Messi» hujjatli filmi namoyish etilgan, unda Lionelning Rosariodan tortib Barselonadagi hayot yo‘li esga olingandi. O‘shanda bo‘lajak daho rolini aynan 8 yoshli Valentino ijro etgan, uning Rosarioda tug‘ilganligi rolga juda mos tushgandi.

Film rejissyori Aleks de la Iglesias Akunyani navqiron Messini dribling san’atini sahnada namoyish etish uchun tanlagandi. Valentino ijrosidagi videolavhalarni namoyishidan keyin Iglesias shunday degandi: «Bu bolakay xuddi suvning ikki tomchisidek Messiga o‘xshaydi. U aynan biz izlab yurgan o‘yinchi». Bu bo‘lajak yulduz mahoratiga berilgan dastlabki e’tirof edi.

Akunyaning bo‘yi 177 sm., vazni 66 kg. U maydon markazida va yoki sal yuqoriroq pozisiyada to‘p suradi. Chapaqay. Messi kabi jarima zarbalar ustasi. Shuningdek, risoladagidek dribling va uzatmalar sohibi, o‘ta harakatchan, tezkor yigit. Biroq hamshahar «kumir»idan farqli ravishda, Valentino himoyada ham ishonchli o‘ynaydi. Raqiblaridan to‘pni tortib olgach, dribling yoki uzatma yordamida o‘yin shiddatini oshirishga intiladi.

Hujumkorlik borasida Akunyani Lukas Paketa va Fakundo Buonanottega qiyoslash mumkin, uni «Galatasaroy»dagi Gabriel Saraning nusxasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Futbolchining salbiy jihatlari xususida oyoqlari va boshidan samarali foydalana olmasligini ta’kidlash mumkin. Biroq bu argentinalik yosh iqtidorlarga xos standart kamchilik.

Valentino o‘zining professional futboldagi ilk qadamini 2023 yilning aprelida, U17 terma jamoasida jahon chempionatining saralash bosqichidagi ishtirokida qo‘ydi. Birinchi raundda u 4 marta maydonga tushib, Boliviya terma jamoasi darvozasiga g‘alaba golini urdi. Hal qiluvchi bosqichda ham barcha uchrashuvlarda ishtirok etgan bo‘lsada, samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. Aksincha, Venesuelaga qarshi bellashuvda sariq kartochka bilan «siylandi». Biroq bu terma jamoaning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan final bosqichiga chiqishiga xalal bermadi. Tino mazkur musobaqaga markaziy yarim himoyachi maqomida yo‘l olib, Senegalga qarshi start bellashuvida asosiy tarkibda maydonga tushib, saviyali o‘yin ko‘rsatdi, lekin bu g‘alaba uchun kamlik qildi - Argentina 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yaponiyaga qarshi uchrashuvni ham Akunya boshlang‘ich tarkibda boshlab, gol urdi va jamoa g‘alabasiga (3:1) hissa qo‘shdi. Polshaga qarshi hal qiluvchi o‘yinda Tino zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsada, Argentina yirik hisobda (4:0) zafar quchdi va pley-off bosqichiga chiqdi.

Braziliya va Venesuela terma jamoalariga qarshi bahslarda yana ilk daqiqadan maydonga tushgan markaziy yarim himoyachi bittadan samarali uzatmani rasmiylashtirdi, mos ravishda 5:0 va 3:0 hisoblarida zafar quchgan jamoa esa xotirjamlik bilan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finalga chiqish yo‘lida Germaniyaga duch kelgan Argentina penaltilar seriyasida omadsizlikka uchradi, Tinoning yagona assisti o‘yindagi g‘alabani ta’minlay olmadi. 3-o‘rin uchun kechgan o‘yinda nafaqat Akunya, balki butun jamoa yomon o‘ynadi, 0:3.

Biroq navqiron yarim himoyachining turnirdagi umumiy ko‘rsatkichlari chakki emas. Tino 7 uchrashuvning 6tasida asosiy tarkibda maydonga tushib, 503 daqiqa to‘p surdi va 7,04 ballga erishdi. Shu vaqt davomida o‘rtacha 1,4 (shundan 0,1 aniq) zarbani amalga oshirib, 1ta gol va 3ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Uzatmalarining aniqligi esa 80 foizni tashkil etdi. Dribling va havodagi kurash bobida esa, Akunya raqiblariga nisbatan 1,6 baravar ustunlik bilan harakat qilmoqda.

JCHdagi muvaffaqiyatdan so‘ng Tino mashg‘ulotlarni «Nyuells Old Boyz»ning asosiy tarkibida o‘tkaza boshladi. Lekin debyutni uzoq kutishiga to‘g‘ri keldi. 31 avgustdagi «Belgrano»ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilgan bo‘lsada, maydonga tushmadi. Debyutni esa 1,5 oydan keyin, 16 sentyabrda «Argentinos Xuniors»ga qarshi o‘yinda nishonladi. 81-daqiqada maydonga tushib, 3ta aniq uzatmani amalga oshirdi.

Keyingi 2,5 oy ichida 4 uchrashuvda yarim himoyachi 172 daqiqa to‘p surib, uzatmalar aniqligi bo‘yicha 80 foiz, yakkakurashlardagi ustunlik bo‘yicha 75 foizli natijaga erishdi.

Shuningdek, Akunya «Nyuells»ning o‘rinbosarlar jamoasidagi ishtirokini ham davom ettirmoqda. 28 noyabr sanasida u «Independyente» jamoasi bilan kechgan o‘yinda gol urdi, bahs esa jamoaning yirik (4:0) g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. O‘rinbosarlar jamoasining yetakchilaridan biri bo‘lgan Tino yaqin kelajakda bosh jamoa a’zosiga aylansa, ajabmas. Klub mutasaddilarining hatti-harakatlari ham shundan dalolat bermoqda. Yaqinda ular Tinoning 2025 yil 31 dekabrida nihoyasiga yetadigan ilk shartnomasi muddatini yana 1 yilga - 2026 yilning 31 dekabrigacha uzaytirdilar. Akunyaga qiziqish bildirayotgan Yevropa klublarining soni esa ortib bormoqda. To‘g‘ri, xaridor klublar nomi, konkret harakatlar ma’lum emas. Lekin yosh iqtidorning ta’rifi uchun shuning o‘zi ham yetarli.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол
Kiritildi: 10:00, 01.01.2025. O'qildi: 1767 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик