Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.03.2026 00:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Fiorentina
  • APL
      • 17.03.2026 01:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Vulverhempton
  • La-liga
      • 17.03.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Levante
  • ECHL
      • 17.03.2026 22:45
      • Sporting
      • 5:0
      • Bude-Glimt
      • 18.03.2026 01:00
      • Arsenal
      • 2:0
      • Bayer
      • 18.03.2026 01:00
      • Chelsi
      • 0:3
      • PSJ
      • 18.03.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 18.03.2026 22:45
      • Barselona
      • -:-
      • Nyukasl
      • 19.03.2026 01:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Atalanta
      • 19.03.2026 01:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Galatasaroy
      • 19.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Atletiko
  • Superliga
      • 18.03.2026 19:15
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
      • 18.03.2026 19:15
      • Xorazm
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 18.03.2026 20:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • OKMK
      • 19.03.2026 16:00
      • Andijon
      • -:-
      • Mash’al
      • 19.03.2026 18:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Dinamo
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Marko van Basten: «Ishonchim komil, «Milan» yana sovrinlar uchun kurashadigan elit jamoaga aylanadi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

Italiya «A» seriyasi 16-turidan o‘rin olgan «Milan» - «Jenoa» o‘yini (0:0) oldidan muhtasham «San Siro» stadionida «rossonerlar» hayotida chuqur iz qoldirgan sobiq goleador Marko van Bastenga alohida ehtirom ko‘rsatildi.

 Endilikda klubning «Shon-shuhrat» zalida niderlandiyalik afsonaning «rossonerlar» libosida o‘tkazgan yorqin davri haqida to‘liq ma’lumot topish mumkin. La Gazzetta dello Sport nashri esa imkoniyatdan foydalanib, Markoni suhbatga chorladi va u «Milan»ning ayni holati yuzasidan atroflicha fikr bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, yaqin o‘tmishshning dahshatli to‘purari vaqtida jahonning eng sara grandlari qatorida yurgan klub bilan hali ham yaxshi aloqada ekan.

- Marko, sizda «Milan»ga bog‘liq xotiralar nechog‘li yorqin? Klub bilan aloqangiz uzilib qolmadimi?

- «Milan» libosida to‘p surgan futbolchining shahar, stadion, muxlislar va buyuk klub tarixi bilan bog‘liqlikni his etmasligi - qiyin masala. Jumladan, men uchun jamoani ifodalovchi qizil va qora ranglar hamda jonkuyar tiffozilarning futbolga munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi hamon. Deylik, oxirgi yillar Niderlandiyada yashayotgan bo‘lsamda, «A» seriya tur o‘yinlari yakunlanishi bilan avvalo, «Milan»ning qanday natija qayd etganiga qiziqaman.

- «Rossonerlar» bilan ko‘plab buyuk g‘alabalar zav­qini tuygansiz. Qiziq, aynan qaysi zafarni o‘zgacha entikish bilan yodga olasiz? 

- 1988/1989 yillar mavsumi Barselonada «Styaua»ga qarshi kechgan CHL finali miyamga alohida muhrlangan. Zero, o‘shanda uzoq tanaffusdan so‘ng nihoyat, xalqaro g‘alabani nishonlagan edik. Asosiysi, o‘z davrining eng yirik sarmoyadorlaridan biri Silvio Berluskoni «Milan» nazoratini qo‘lga olgach, dastlabki kunlardanoq jamoani dunyo miqyo­-sida eng yuqori cho‘qqilarga ko‘tarishini ta’kidlagan va buni birgalikda uddalagan edik.

- Keyinroq to‘piq jarohati tufayli faoliyatingizni erta yakunlashga majbur bo‘ldingiz...

- Ha, 28 yoshda futbol o‘yinidan chetga chiqish haqida qaror chiqarish juda og‘ir bo‘lgandi. Binobarin, «Milan»da 40 yoshgacha binoyidek to‘p surgan Maldini, Kostakurta, Barezi, Tassottiga havas bilan qarardim. Oddiy aytganda, xuddi ular kabi «qizil-qoralar» sharafini uzoq vaqt himoya qilish maqsadim yo‘q emasdi. Loaqal yana 7-8 yil o‘ynaganimda, armonim qolmasmi-di...? Afsus, hayotda hammasi siz o‘ylaganchalik tekis chiqmas ekan.

- Sizningcha, hozir Milan»­ga o‘sha davrdagi darajaga ko‘tarilish uchun nima yetishmayapti?

- «Milan» - ajoyib klub, mana, muhtasham stadioni va supermuxlislari bor. Oxirgi yillar Italiya futbolida eng yuqori pog‘onani «Inter» egallab turgani «rossonerlar» tarafdorlariga og‘ir zarba bo‘layotgani tabiiy hol. Naqadar mushkul payt... Lekin ishonchim komil, «Milan» yana sovrinlar uchun kurashadigan elit jamoaga aylanadi, albatta. Ehtimol, tarkibga italiyalik futbolchilarni ko‘proq jalb qilish foyda keltirar... Nazarimda, Italiyada munosib darajada o‘ynash salohiyatiga ega iqtidorlar yetarli, biroq klublar ulardan to‘g‘ri foydalanmayapti. Bundan esa Italiya terma jamoasi jabr chekmoqda. Deylik, oxirgi Yevropa chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ispaniyada iqtidorlarni juda yaxshi qadrlashadi.

- Amaldagi bosh murabbiy Paulo Fonseka «Milan» o‘yiniga yangi uslub singdirishga urinmoqda. Bu sizga yoqyaptimi? 

- Bilasizmi, ayni vaqt klub ixtiyorida bizning davrda bo‘lgani kabi kuchli ijrochilar jamlanmasi yo‘q. Shuning uchun birdaniga natija ta’minlash oson emas. Boz ustiga, bunga qadar jamoa uzoq vaqt Pioli boshqaruvida o‘ynadi. Demoqchimanki, hozir yangi tizim yaratish - murakkab jarayon. Qisqasi, biroz sabr bilan Fonsekaga vaqt berish kerak. 

- «Ayaks»da Zlatan Ibragimovich bilan birga ishlagansiz. U bilan bog‘liq qiziqarli voqealar bordir... 

- O‘sha payt yoshlar jamoasini shug‘ullantirardim, Zlatan esa allaqachon asosiy tarkibdan joy olishga ulgurgandi. Bir safar mashg‘ulotlar maydonida ro‘paro‘ kelib qoldik va u dabdurustdan to‘p bilan nima qila olishimni ko‘rsatib berishni so‘radi. Ammo to‘pig‘imdagi og‘riq tufayli uning iltimosini bajarolmagandim.

- Ibragimovich yillar o‘tib, «Milan» direktori lavozimini egalladi. Sizningcha, u rahbarlik roliga moslasha oladimi?

- Ochig‘i, Ibra qachondir direktor bo‘lishini xayolimga ham keltirmagandim. Lekin futbolda uzoq vaqt faoliyat yuritgani, katta tajriba orttirganini inobatga olsak, aslida klubga shu kabi rahbar kerak. Zero, Zlatan yetuk futbolchi maqomi nimani ang­latishini yaxshi biladi. Qolaversa, u yoshligidan g‘olib mentalitetini namoyish etib kelgan. Demak, rahbarlik rolida ham barchasini yuqori darajada davom ettirishiga umid bog‘lash mumkin. Menimcha, Ibragimovich o‘ziga xos tabiati bilan ham «Milan»ning yuqori cho‘qqilarni zabt etishida katta yordam bera oladi.

- «Milan»dagi hamyurtingiz Reynders chindan ham, dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan birimi?

- Shubhasiz. Tan olishim kerak, boshida Tijanining bunchalik tez muvaffaqiyatga erishishini kutmagandim. U maydonda ancha quvnoq o‘yin namoyish etyapti. To‘g‘ri, vaqti-vaqti bilan xatoga yo‘l qo‘yadi, lekin tashabbusni o‘z zimmasiga olishdan sira cho‘chimaydi.

- Morata esa «Milan»da haligacha barqaror o‘yin ko‘rsatolmayapti...

- E’tiborga olish kerak, Morata jarohat ortidan uzoq vaqt maydon chetida qoldi. Ishoning, futbolchi o‘yin sur’a­ti, bosim va maydondagi emosiyalardan uzoqlashib ketsa, barchasiga qayta moslashishi oson kechmaydi. Agar u hujumchi bo‘lsa, yanada og‘ir. Aslida Alvaro katta tajribaga ega, ishonchim komil, u mavsumning ikkinchi qismida o‘z so‘zini baralla aytib, «Milan»ga katta naf keltiradi.

- Aytingchi, Leau dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga qo‘shilish uchun yana nima qilishi kerak?

- Menimcha, unga barqarorlik yetashmayapti. Umuman olganda, Leau bir-ikki raqibini yengilgina aldab o‘tadi, dribling salohiyati juda baland. Shuningdek, kutilmagan yondashuvi, kreativ fikrlash qobiliyati bor. Oddiy aytganda, unda katta iste’dod yashirin, faqat barchasini yanada rivojlantirishi zarur. Shunda bemalol katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin.

- «Milan» yaqindagina yangilangan formatdagi CHLda «Sanyago Bernabeu» shovqinini tan olmay, ortga g‘alaba bilan qaytdi. Bu yaqin o‘tmish, ya’ni sizlar ushbu turnir yarim finalida «Real»ni kurashdan chiqarib yuborgan oqshomni eslatmadimi?

- Ha, katta muvaffaqiyat! Xuddi biz o‘ynagan davrdagidek. O‘sha uchrashuvdan bir hafta o‘tib, Karlo Anchelotti bilan uchrashdim. U natijadan qattiq ranjiganini yashirmadi. Tushunarliki, «Milan» ajoyib g‘alabaga erishib, CHL jadvalida yuqoriga ko‘tarildi. Jamoada keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor, ammo hozir Yevropada yengil o‘yinning o‘zi yo‘q. Umid qilamanki, «Milan» yakunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. Turnirda g‘olib chiqishi haqida o‘ylashga esa hali biroz erta.

- «Milan»ning skudetto uchun kurashdan chetda qolayotganini nazarda tutib, aytingchi, qaysi klublarni «A» seriya toji uchun asosiy da’vogarlar qatorida ko‘ryapsiz? 

- O‘yinlar va turnir jadvaliga qarasak, «A» seriya joriy mavsum eng raqobatbardosh chempionatlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jamoalar ochko bo‘yicha ham, saviya masalasida ham bir-biriga yaqin, chempionlik uchun kurash avjida. O‘ylashimcha, ayni payt naq 6-7ta jamoada skudettoga qo‘l uzatish imkoniyati mavjud. Bu holat Italiya chempionatini kuzatib boradigan xorijlik muxlislarda ham qiziqishni yanada oshirishi turgan gap. 

- Sizningcha, «Bolonya»da porlagan hamyurtingiz Joshua Zirkzening «MYU»ga emas, «Milan»ga o‘tishi yaxshiroq emasmidi? 

- U saviyali futbolchi, lekin hali yosh va katta jamoa­larda o‘ynash tajribasiga ega emas. «Bolonya»ga hurmatni saqlagan holda aytaman, bu kabi jamoalarda o‘zini ko‘rsatish «Milan», «Inter» yoki «MYU»dek grand­-larda birdaniga o‘ynab ketishga kafolat emas. Yaxshisi, bu yigitni yana biroz kuzatish kerak.

 X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 09.01.2025. O'qildi: 3323 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.