Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tijani Reynders: «Milan»da qushdek yengilman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

2023 yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilayotgan niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders ayniqsa, joriy mavsum yorqin o‘yinlari bilan muxlis va mutaxassislar e’tiboriga tushdi

 Har holda, futbolchi «rossonerlar» libosidagi 16ta o‘yinda 5ta gol va 3ta assist qayd etdi. Reynders yangi yil arafasida klub telekanalining maxsus dasturida mehmon bo‘lib, shaxsiy hayoti, pulga munosabati va futbolkalar kolleksiyasi haqida gapirib berdi.

Milan shahriga mehr

- Milan xuddi o‘z uyimdek bo‘lib qoldi. Agar Niderlandiyaga borsam, ortga qaytayotib yaqinlarimga beixtiyor o‘z uyimga ketayotganimni aytaman. Binobarin, bu yerda o‘zimni juda erkin his qilaman. Jamoada esa qush kabi yengilman. Muhimi, shaxsiy uyim bor va vatandosh do‘stlarim yoki qarindoshlarim muammosiz mehmonga kelishlari mumkin. Qolaversa, parvoz vaqti ham ko‘p emas - atigi 1,5 soat. Umuman, Italiyada hayot tarzi yaxshi. Deylik, oziq-ovqat masalasida qandaydir kamchilik yo‘q. Agar shahar markaziga borsam, muxlislar birga suratga tushishni so‘rashadi, bu ham men uchun muammo emas.

Aralash va ahil oila

- Onam asli indoneziyalik, otam - niderland. Xullas, biz farzandlar - men, ukam va singlim aralash oila tarbiyasini ko‘rdik. E’tiborli tomoni, o‘g‘lim Ksavyen ham biz bilan qismatdosh. Chunki rafiqam Iroqdan. Voyaga yetganimda Indoneziya va Niderlandiya madaniyati menga birdek ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va nimanidir o‘zgartirishni xohlamayman. Hamisha o‘zligimizni saqlab qolishimiz shart. O‘g‘limni ham shunday ruhda tarbiyalash harakatidamiz.

Pulga munosabat 

- Esimda, AZ bilan dastlabki professional shartnomani rasmiylashtirganimda, ota-onam agar xohlasam, topganimni to‘liq o‘zim ishlatishim mumkinligini aytishgandi. Ha, pul hayotni yengillashtiradi, lekin sog‘lom bo‘lish muhimroq, yana boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish ham. Shuning uchun otamni shaxsiy agent sifatida tanladim. Chunonchi, pul va biznes masalalarini faqat o‘zim ishongan odamga topshirishni xohlayman.

Italiya va Niderlandiya o‘rtasidagi farq

- Niderlandiyada odamlar kechki tamaddiga soat 18:00-18:30da borishga odatlanishgan. Italiyada esa restoranlar bu vaqtda yopiq bo‘ladi va bizga ma’qul keladiganlari soat 19:00dan keyin ochiladi. Bu men uchun nisbatan kechdir, ayniqsa, yosh farzandimiz borligini nazarda tutsak.

O‘g‘lining ta’siri

- Ksavyen tug‘ilganidan keyin hammasi mutlaqo o‘zgardi. Ilgari mag‘lubiyatdan keyin uyga qaytsam, o‘zimni qanday chalg‘itishni bilmasdim. Endi esa uyga kirish bilan ko‘p narsani unutaman. Farzand - har qanday inson uchun dunyodagi eng muhim quvonch va birlamchi omil. Agar o‘g‘lim kelajakda futbolchi bo‘lishni istasa, uni shaxsan o‘zim shug‘ullantirishni xohlardim. Albatta, o‘g‘lim istiqboli uchun zarur hamma narsani muhayyo etishni xohlayman. Men uchun eng muhimi - uni sog‘lom va baxtiyor ko‘rish.

Futbolkalar kolleksiyasi

- Ha, bisotimda raqiblar bilan almashtirilgan futbolkalar talaygina. Ba’zilari Niderlandiyadagi uyimizda saqlanmoqda. Eng qadrlisimi? «Udineze»dagi do‘stim Kingsli Exizibuening formasi, menimcha. Axir biz 1ta shaharda tavallud topganmiz, birga ulg‘ayganmiz. Nikoh to‘­yimda ham aynan Kingsli kuyovjo‘ra bo‘lgandi. Kolleksiyamda «Liverpul»ning niderlandiyalik 3 nafar vakili - van Deyk, Gakpo va Gravenberx liboslari ham bor. Shuningdek, germaniyalik Kimmix, bosniyalik Krunich va yana Frimpong formalarini olib qolganman. To‘g‘risi, o‘zim tanigan futbolchilar bilan libos almashtirishni yoqtiraman.

Ukasi - Eliano haqida

- Ukam eng yaxshi do‘stlarimdan biridir. Hammasini baham ko‘ramiz va har kuni suhbatlashamiz. Eliano hozir Indoneziya terma jamoasida o‘ynamoqda va u bilan chinakamiga faxrlanaman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:28, 15.01.2025. O'qildi: 974 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик