"Zenit" braziliyalik futbolchi uchun 30 million yevrodan ko‘proq taklif qilgan.
Sankt-Peterburg klubi "Botafogo"ning o‘ng qanot vingeri Luis Enrike Andrening transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq "Zenit" Luis Enrike uchun 25 million yevrogacha to‘lashi, Vendel va Artur ham transferga qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Biroq jurnalist Paulo Vinisius Koelyoning UOL Esporte nashrida ta’kidlashicha, "Botafogo", "Lion" va "Kristal Pelas" xo‘jayini Jon Tekstor unga RPL klubining 35 million taklifi haqida ma’lum qilgan. Muzokaralar yakuniga yetayotgani aytilmoqda.
"Tekstor Luis Enrikening narxi 35 million yevro ekanligini aytdi. "Zenit 35 million taklif qildi. Kelishuv hali yakunlangani yo‘q, lekin yopilishga yaqin", - dedi Koelyo.
Jurnalist Andre Ernan transfer narxi 45 millionga yetishi mumkinligini boshqa manbadan eshitganini qo‘shimcha qildi.
Futbolchi uchun kurashda "Zenit"dan tashqari Italiyaning "Fiorentina" klubi va Angliyaning bir klubi ham ishtirok etmoqda.
Enrike "Botafogo" safida 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliya terma jamoasi safida 6 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.