Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stefano Pioli: "Milan"dan ketish oson bo‘lmadi"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Milan» sobiq bosh murabbiyi, hozirda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubini boshqarayotgan taniqli mutaxassis Stefano Pioli Italiya Superkubogi finali oldidan MilanNews.it nashriga intervyu berdi

Suhbat chog‘ida Pioli «Milan»ning hozirgi o‘yinlarini kuzatish uning uchun og‘ir bo‘layotganini yashirib o‘tirmadi.

- «Milan»ning natijalarini kuzatib boryapsizmi? Jamoa o‘yini borasida qanday fikrdasiz?

- «Milan»dan doimo qiziqarli va chiroyli o‘yin kutaman. To‘g‘risi, jamoaning bu mavsumdagi uchrashuvlarini unchalik kuzatmadim. Boisi, «rossonerrilar»ning o‘yinlarini oynayi jahon orqali tomosha qilish og‘ir botdi. Shuning uchun milanliklarning joriy yilgi natijalariga umumiy baho berishim qiyin. Yashirmayman, YECHL doirasida «Real»ga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limni ko‘rdim, yigitlar kuchli raqibga qarshi yaxshi o‘ynashdi va ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ammo, «A» Seriyada «Yuventus»ga yutqazib qo‘yilgani yaxshi bo‘lmadi. Tushunaman, har mavsumning o‘ziga xos ko‘tarilishlari va pasayishlari bo‘ladi. Lekin, «Milan» har doim g‘alaba qozonish uchun harakat qilishi kerak.

- Apennin orollarini bir muddat tark etishingizning boisi nima?

- Mavsum tugashi bilan Italiyada murabbiylik qilmaslikka qaror qildim. To‘g‘risi, mamlaktdagi so‘nggi 5 yillik faoliyatim hissiy jihatdan ancha toliqtirdi. Avvaliga Saudiya Arabistonida murabbiylik qilaman deb o‘ylamagandim, bu imkoniyat keyinchalik paydo bo‘ldi. Bilasizmi? «Al-Nasr» rahbariyati bilan yaxshi uchrashuv bo‘lib bo‘ldi. Ular to‘g‘ri futbol g‘oyalarini taqdim etishdi. Men ko‘pincha dast-labki his-tuyg‘ularga asoslanib qaror qabul qilganim bois, mazkur taklifga rozilik bildirdim. Boshqa tarafdan esa Milandan uzoqroqda yashash yaxshilikka xizmat qilgandir. Chunki, uyda qolish va «Milan»ning o‘yinlarini chetdan kuzatish qiyinroq bo‘lardi. Qolaversa, murabbiylik qilishni yaxshi ko‘raman - kasbimdan yetarlicha zavq olaman desam ham bo‘ladi. Ba’zi hamkasblarim uzoq faoliyatdan so‘ng tanaffus qilishni xohlashadi, lekin men ishsiz turolmayman.

- Saudiyada Italiya superkubogi uchrashuvlarida ishtirok etish uchun kelgan shogirdlaringizni ko‘rib qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirdingiz?

- Bu quvonch va umidlarga to‘la ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Og‘ir ayriliqdan so‘ng ularni yana ko‘rish menga zavq bag‘ishladi. Yigitlarning final oldi mashg‘ulotlarini kuzatib, «Milan» zaxira o‘rindig‘i yonida o‘tirar ekanman o‘zimni hali ham o‘sha yerda ekanligimni his qildim (kuladi). Milanelloda o‘rnatgan hurmat va do‘stlik men bilan abadiy qoladi. Bunga yaqqol misol «rossonerilar» bilan uchrashganimdan xabar topgandan keyin Jiru ham darhol menga qo‘ng‘iroq qilib hissiyotlarim bilan qiziqdi.

- Zlatan Ibragimovich boshqaruvchi sifatida ishonch uyg‘otadimi?

- O‘ylaymanki, Zlatan juda aqlli boshqaruvchi va «Milan» uchun qo‘lidan kelganini qilishga harakat qiladi. Men uni boshliq emas, futbolchi sifatida yaxshi bilardim. Lekin ishonchim komilki, Ibragimovich jamoa sha’ni uchun bor kuchini ishga soladi. Kutilmalar katta albatta, ammo g‘alaba qozona olmaslik muvaffaqiyatga erisha olmaslikni anglatmaydi. U ham boshqalar kabi xato qiladi, o‘rganadi va rivojlanadi. Agar men «Milan» muxlisi bo‘lganimda, Zlatanga ishongan bo‘lardim.

- Krishtianu Ronaldu bilan ishlash siz uchun nimani anglatadi?

- Krishtianuning jamoadagi tutgan o‘rni uning futbolchilik fazilatlaridan ham oshib ketadi. Ronaldu Saudiyaga futbolni yangi darajaga olib chiqish uchun kelgan va bunga hech qanday shubha yo‘q. Men faoliyatim davomida ko‘plab chempionlarni tarbiyalaganman, ammo bu ro‘yxatda Krishtianu birinchi o‘rinda turadi. Uni boshqalardan ajratib turadigan yagona narsa - mentalitet. Ronaldu barcha sovrinlarga ega chiqib bo‘lsa ham mukammallik tarafdori bo‘lib qolaveradi va o‘yinlarga aql bovar qilmaydigan ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘radi. Go‘yo u hali ham 20 yoshda va nimalarga qodirligini isbotlash uchun yetarli motivasiyaga ega. Ajoyib fikrlash qobiliyatiga ega chempion ijrochining jamoada mavjudligi sheriklariga ham foyda keltiradi va umumiy saviyaning oshishiga xizmat qiladi.

- Saudiya Arabistonidagi murabbiylarda taktik muloqotda qiyinchiliklar bormi?

- Men doim raqiblarimizdan kamchilik topish yo‘llarini qidiraman. Vazifam o‘yin davomida ular uchun muammo tug‘diradigan uslublarni yaratishdir. «Al-Nasr»da o‘z prinsiplarim va rejalarimni amalga oshirishdan oldin, avvalo, futbolchilarning xususiyatlarini baholay boshladim. Umuman olganda, qayerda bo‘lsam ham Italiyadagi kabi ishlayman. Quvonarli tomoni jamoamning hujum va himoyadagi ko‘rsatgichlari ancha yuqori.

- «Milan»ni sog‘indingizmi?

- Ha va yo‘q. Aniqrog‘i, o‘tmish haqida ko‘p o‘ylay olmayman. To‘g‘ri, «Milan» top-klub va uni tark etish oson bo‘lmadi. Ortga qarasam, jamoani sog‘inaman, lekin hozir ishlab turgan klubimda baxtiyor ekanligimni ham qo‘shimcha qilmoqchiman.

- «Milan» bilan bog‘liq eng yorqin xotiralaringiz bormi?

- Ular juda ko‘p va eng asosiysi Skudettoni qo‘lga kiritganimiz albatta. Balki «Milan»da ishlash, mashg‘ulotlar va o‘yinlarning quvonchi ham yorqin xotiralarimning bir bo‘lagidir. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham murabbiy jamoani qanday holatda qabul qilib olgani va ketayotganda o‘zidan nimalar qoldirayotganiga e’tibor berishi kerak deb o‘ylayman. Muhimi, «rossonerrilar» bosh murabbiyi sifatida kechirgan his-tuyg‘ular o‘zim bilan abadiy qoladi.

- «Atalanta» bilan o‘yindan keyin paydo bo‘lgan «Pioli yonmoqda» («Pioli is on fire») qo‘shig‘i haqida qanday fikrdasiz?

- Bu ajoyib edi. «Pioli yonmoqda»ning o‘ziga xos jihati shundaki, qo‘shiq o‘yinchilar tomonidan yaratilgan va shundan keyingina muxlislar buni qabul qilishgan. Tomoshabinlar tribunadan turib bu iborani ishlatishganda jamoadagi yigitlar juda xursand bo‘lishdi.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:10, 27.01.2025. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик