Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jek Grilish taktik bo‘shliqqa aylandi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Zamonaviy futbolda o‘smirlar yuksak salohiyatni namoyish etgan holda turli rekordlarni yangilab, o‘yin sur’atini oshirmoqdalar

«Transfermarkt» ma’lumotlari orasidan yoshi 18dan o‘tmagan eng qimmat navqiron iqtidorlarni hukmingizga havola etishni lozim topdik.

«Manchester Siti» dahshatli davrni boshdan kechirmoqda - so‘nggi 16ta o‘yinda to‘rttagina g‘alaba. Umuman, kimdir shunday manzarani tasavvur qila oladimi? Yana «Siti»ning safida 3,5 yil avval «Aston Villa»dan 117,5 mln. yevroga xarid qilingan Jek Grilish ham bor. So‘nggi oylarda angliyalik futbolchi faqat salbiy jihatlari bilan hammani lol qoldirmoqda.

1,5 yil avval Jek «Siti»dagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazgandi. Keyin saviyasi pasayib, 2024 yilni o‘ta alamli natija - barcha musobaqalarda birorta gol ura olmagan holda yakunladi. Jek o‘zining oxirgi golini 2023 yilning 16 dekabrida, «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda (2:2) urgandi. Shundan beri 46ta uchrashuvni «quruq» o‘tkazdi.

2022|23 yillar mavsumi «Siti»ga ham, Grilishga ham muvaffaqiyatli bo‘ldi. Jamoa treblga erishdi, Jek esa 5ta gol va 16ta assistni rasmiylashtirdi. Ayniqsa, ancha vaqtdan beri APLda peshqadamlik qilayotgan «Arsenal» darvozasiga urgan g‘alaba goli (3:1) muxlislarda chuqur taassurot qoldirgandi.

O‘shanda Grilish yetarli yulduzlarni jamlagan «Siti»da ham o‘yin sur’atiga ta’sir eta olishini namoyish etgandi. Uning hujumkorlikka qo‘shgan hissasi, kuchli bosim ostida ham to‘pni saqlay olish qobiliyati jamoani kuchaytirib yuborgandi. YECHLning 2022|23 yillar mavsumida «shaharliklar»ning birorta o‘yinchisi Jekdan ko‘proq (12 marta) boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmagandi.

2023|24 yillar mavsumida Grilishning o‘yiniga jarohatlar o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi, u 15ta o‘yinda maydonga tusha olmadi. Shundan keyin Jek barqarorlikka erisha olmadi. Joriy mavsumda 13ta o‘yinda qatnashgan bo‘lsada, atigi 2 marta to‘liq to‘p surdi.

Aslida, sermahsullik angliyalik futbolchining ustun jihati emas. APLdagi eng yaxshi natijaga (8ta gol) Jek 2019|20 yillar mavsumida «Aston Villa» safida erishgan. Keyingi mavsumda u 3 oyni boldirini davolashga sarflab, 6ta gol bilan kifoyalanishga majbur bo‘lgandi. Umuman, Grilish APLda 183 marta maydonga tushib, atigi 26ta gol urgan.

Angliya terma jamoasida futbolchi Yevro-2024 turniridan chetda qoldi. Lekin tez orada vaqtinchalik bosh murabbiy Li Karslining ishonchini qozondi va YEMLning 3ta o‘yinida 2ta gol urdi. Ayni shu pallada klub miqyosida birorta gol ura olmagandi.

«Karsli rahbarligida Jek klubdagidan boshqacharoq yumushlarni bajaradi. Maydonda unga ko‘proq erkinlik beriladi. Jekning o‘yin uslubi «Aston Villa»dagi so‘nggi mavsum o‘yinini eslatadi. Gvardiola Grilishga terma jamoadagi uslubda o‘ynash imkoniyatini bergach, «Siti» «Nottingem Forest» yengib, g‘alabasiz seriyaga nuqta qo‘ydi. Jek chindan ham ko‘tarinki kayfiyatda to‘p surdi», deyilgandi Sky Sports maqolasida.

«Bizning o‘yinimiz doimo yarim himoya chizig‘i atrofida shakllanadi. Aynan shu chiziq vakillari o‘yin sur’atini belgilab beradilar. Bugun Grilish vazifani a’lo darajada uddalagani sababli, o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Jek to‘pni saqlagan holda dadillik bilan raqib qarshiligini yenga oladi», - degandi Gvardiola «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yindan keyin.

O‘shanda Jek markazda Gyundogan bilan yonma-yon to‘p surgan, Jeremi Doku esa chap qanotda o‘ynagandi. Lekin Grilishning markazdagi keyingi ishtiroki omadsiz bo‘ldi. Garchi uning uzatmalari 94,6 foiz aniq bo‘lsada, «Siti» YECHLda 0:2 hisobida «Yuventus»ga imkoniyatni boy berdi.

«Markazda o‘ynagan paytida, Grilish himoyadagi mas’uliyatni chuqurroq his etadi. Bu uning uslubidagi futbol emas. «Aston Villa»da Jek jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi edi. U o‘zi istagan pozisiyada to‘p sura olardi. Gvardiolaning sxemasida bunday erkinlikka ega emas. Shunday ekan, oldinga intilish imkoniyati bo‘lmagan futbolchining gol urganini tasavvur qilish qiyin. Ikki yil avval u «Siti»ning muhim o‘yinchilaridan biri edi. Jekni so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi angliyalik futbolchi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday o‘yinchidan bir yilda hech bo‘lmaganda bitta gol kutishga haqlimiz. Albatta, uning o‘yinida boshqa kamchiliklar ham yetarli. Lekin Jek goldagi qurg‘oqchilikka barham bersa, faoliyatini tiklab olgan bo‘ladi», - bu Opta Analystning e’tirofi.

Angliyadagilar Gvardiolaning qat’iy sxemasi Jekka og‘irlik qilmoqda, deb hisoblashmoqda. «Aston Villa»ning sobiq o‘yinchisi Li Xendri kasbdoshi boshqa klubga o‘tishi kerak, degan fikrda. Ekspertning nazarida Jek anchadan beri «Siti»da futboldan zavq olmayapti: «Menimcha, Grilish faqat murabbiyning talabiga binoan to‘p surmoqda. Uning Angliya terma jamoasidagi o‘yinini ko‘rganda, umuman, bosh-qa futbolchi o‘ynayotgandek tuyuladi. Ya’ni, juda erkin to‘p suradi. Samaradorlik bobida Jek «Siti»ning umidini puchga chiqargan bo‘lsada, yuksak salohiyat sohibi. Garchi u «Siti»da barcha sovrinlarga erishgan bo‘lsada, jamoani o‘zgartirsa, yaxshi bo‘ladi. Chunki futbolchi o‘z kasbidan lazzatlanishi lozim, deb o‘ylayman. Jekni yana «Aston Villa»da ko‘rishni istardim».

«MYU»ning sobiq bosh skauti Mik Braun «Siti» Grilishni sotib yuborish taraddudini ko‘rayotganligini ma’lum qildi: «Grilishning bir yildan ko‘proq vaqt ichida gol ura olmayotgani o‘ta hayratlanarli voqea. Hozir u avvalgidek ta’sirchan emas. Jekning o‘yini «Siti» rahbariyatining hafsalasini pir qildi. Bilishimcha, «Siti» futbolchiga oid takliflarni mavsum yakunida ko‘rib chiqadi.

«Manchester Siti» inqirozga uchragan paytda Grilishning omadsiz o‘yini yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Uning salbiy jihatlari va samarasizligi klub uchun yanada jiddiy muammo bo‘lib qoldi. Avvallari u muhim uchrashuvlarda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushardi, endi zaxirada qolib ketmoqda. Gvardiola Grilishni o‘zgartirib yubordi, faqat ijobiy tomonga emas. Futbolchi uni muxlislar yoqimtoyiga aylantirgan barcha fazilatlaridan judo bo‘ldi. Deylik, «Nyukasl» yoki «Tottenxem»ga katta ish haqi oladigan va mavsumda 3 yoki 4ta gol uradigan futbolchi kerakmi? Grilish - endi artist emas».

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 30.01.2025. O'qildi: 1735 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик