Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xolanddan zo‘rroq o‘ynayapti va katta transferga tayyor...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yashin tezligida o‘zgarib turadigan hozirgi zamonda vaqtinchalikdan doimiyroq narsa yo‘q iborasi aktual bo‘lib qoldi.

Xususan, futbol murabbiylarining faoliyati avvalgidan yanada qisqaroq. Har qanday jamoada 5 yildan ko‘proq ishlagan murabbiy bugungi kadrlar qo‘nimsizligi davrida o‘ta nodir namuna bo‘lib qolmoqda. Biroq mavjud umumiy moyillik orasida istisnolar ham topiladi. Yevropada o‘z klublarida katta stajga ega bo‘lgan amaldagi «dinozavrlar» ro‘yxatini tobora oshib borish tartibida joylashtirdik.

Isak YECHL pley-off  o‘yinlariga munosib

Yaqinda angliyalik yosh mutaxassis Eddi Xau «Nyukasl»da muammolarga duch kelganida, uning iste’foga chiqarilishi xususida gap-so‘zlar ko‘paygandi. Biroq sa’y-harakatlari tufayli puxta shakl-langan jamoa kamchiliklarni bartaraf etdi. «Hakkalar» hozir APLda 5-o‘rinni band etib, «Manchester Siti»dan oldinda borishmoqda. Shuningdek, jamoa Liga Kubogi yarim finalining dastlabki bahsida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushib, Londondan zafar (2:0) bilan qaytdi. O‘yindagi hisobni ochgan shvesiyalik hujumchi Isak, tanaffusdan keyin Gordonni assist bilan ta’minlab, g‘alabani mustahkamladi. «To‘pchilar» hujumni kuchaytirishganda, «hakkalar» himoyaga o‘tib olishdi.

5-4-1, ba’zan 5-5-0 sxemasida ham sermazmun o‘yin ko‘rsatish mumkin. Buning uchun Isakni zaxiraga olishga to‘g‘ri keldi, lekin bu paytda Aleksander hisobdagi ustunlikni ta’minlab qo‘ygandi. Darvozaga yo‘llangan 4ta aniq zarbaning ikkitasini golga aylantirgan «hakkalar» o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. Ayni pallada Isak Xolanddan zo‘rroq ekanligini e’tirof etishga arziydigan natija. Norvegiyalik baquvvat kasbdoshidan farqli ravishda, shvesiyalik hujumchi jamoa uchun o‘ynash ilmini yaxshi o‘zlashtirib olgan. Terma jamoada uning Dyokereshdek sermahsul sherigi bor.

«Arsenal» skautlari  hujumchilar ro‘yxatiga «to‘qqizlik» qidirishmoqda

O‘yindan keyin Arteta hujumning samarasizligidan nolidi. «To‘pchilar»ning 23 zarbasidan atigi 3tasi aniq bo‘ldi, lekin Dubravka xatoga yo‘l qo‘ymadi. Martinelli esa chap qanotda o‘ta sust o‘yin ko‘rsatdi. Hozir uning o‘rniga Ispaniya terma jamoasidagi Yevropa chempioni Niko Uilyamsni olib kelishmoqchi. Shuningdek, Kvarasxeliya ham tez-tez tilga olinmoqda. Biroq uni neapolliklardan tortib olish oson emas. Markazga ham ko‘pchilikni ko‘rib chiqishdi. Osimxen va Dyokeresh varianti qoniqtirmadi, chunki ular bo‘shliqqa ega jamoalarda to‘p surishgan. «To‘pchilar»ga esa jarima maydonchasi markazida o‘ynaydigan qirol o‘yinchi kerak.

Isak «Arsenal» talabini qondirishi mumkin. Garchi u «hakkalar» safida 1-2ta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsada, keskin vaziyatlarda hushyorlikni yo‘qotmaydi. Hozir Aleksander APLdagi gollari bo‘yicha Xolanddan ortda (13ga 16) bormoqda, lekin u to‘pni ko‘p nazorat qiladigan «Siti»da o‘ynamasligini ham inobatga olish lozim. Shuningdek, Isak so‘nggi 9ta o‘yinda 10ta gol va 2ta assistni rasmiylashtirgan. U Gordon, Merfi va Joelintonlar bilan ajoyib kombinasiyalarni amalga oshiradi. Xoland esa hujumkor xavbeklar bilan avvalgidek hamjihatlikda to‘p sura olmayapti.

Isak top-klubda munosib o‘ynay olishini allaqachon isbotlagan va kamchiliklarga barham bermoqda. Xoland esa «Siti» uchun murakkab bo‘lgan o‘yinlarda muammolarga duch kelmoqda. To‘g‘ri, u iqtidorli hujumchi, gol mashinasi. Lekin unga dadillik yetishmayapti. Isak ham ayrim uchrashuvlarni talab darajasida o‘tkaza olmadi. Biroq hozir Endi Koul va Alan Shirerdek «Nyukasl» afsonalari maqomiga ko‘tarilib oldi. Ortda qolgan yilda Aleksander APL doirasida 25ta golni rasmiylashtirdi. Boshqa hujumchilar bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olmaydilar.

Angliyada Isakni hozirning o‘zida eng yaxshi markaziy hujumchi deyish mumkinmi, degan savolni xush ko‘rishadi. Buning ahamiyati yo‘q. Savol voqelikni o‘zgartirmaydi. 25 yoshli hujumchi ayni ochilgan davrini o‘tkazmoqda, kamchiliklardan forig‘ bo‘lishga intilmoqda. U «Borussiya Dortmund»dan «Real Sosyedad»ga o‘tgan paytida ham yuksak mahoratga ega edi. APLdagi 2,5 mavsum buni tasdiqladi. Endi Isak navbatdagi klubni to‘g‘ri tanlashi lozim.

Tarkibga «to‘qqizlik» izlayotgan Artetaning bezovtaligini tushunish qiyin emas. «Nyukasl»ga qarshi o‘yinlardan keyin hamma Mikelni xato qilganlikda ayblaydi. Bukayo Sakaning jarohatidan keyin chempionlikka xos tarkibni shakllantira olmasa, imkoniyatni boy bergan bo‘ladi. Agar Isak «to‘pchilar» safiga o‘tsa, jamoaning zafarli yurishi yanada kuchayadi. Chunki Aleksander o‘z faoliyatida turli pozisiyalarda samarali to‘p surganligi yuqorida bayon etildi. O‘tgan mavsumda u APLdagi eng yaxshi straykerlar ro‘yxatidan joy olganligi bejiz emas, albatta.

Transferlar jarayonida doimo o‘yin sur’atining pasayishi xavfi yuzaga keladi. Hatto Mbappega ham «Real»da o‘z o‘yinini topib olish oson bo‘lmagandi. Isak esa markaziy hujumchi rolini talab darajasida uddalashi lozim. Turli jamoalar tarkibiga moslashib olish uchun anchayin qaltis vazifa. Gap-so‘zlar ko‘proq «Arsenal» xususida bo‘lsada, Isakni «Liverpul» tarkibida tasavvur qilish o‘rinli bo‘ladi. Agar Gakpo chap qanotda qolib, Dias va Nunyes yangi yilda boshqa jamoalarga o‘tib ketgan taqdirda, Slot yangi yetakchilarga muhtoj bo‘lib qoladi. Kolumbiyalik va urugvaylik futbolchilarga ko‘z tikkan xaridorlar yetarli.

Aleksander jamoaviy o‘yinchi va grand safida ochilishiga shubha yo‘q

Boshqa jamoalardagi aniq uzatmalar sohiblaridan farqli ravishda, Aleksanderdan bu borada ko‘proq ter to‘kish talab etiladi. Shvesiyalik hujumchi Xoland va Jeksonga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘proq uzatmalarni amalga oshiradi. Zikr etilgan hujumchilar to‘p nazorati bo‘yicha APLda yetakchi bo‘lgan klublarda to‘p suradilar. «Nyukasl» esa bu borada 10-jamoa. Isak tez-tez pressing qo‘llashiga to‘g‘ri keladi. U to‘pni navbatma-navbat o‘ng oyog‘idan chap oyog‘iga oshirgan holda mohirlik bilan olib yuradi, gavdasi va uzun oyoqlaridan samarali foydalanadi.

Maydondagi yurish-turishi va muomalasidan Isak injiq tabiatli emas, hakamlar va futbolchilar bilan deyarli bahslashmaydi. Shuningdek, Shvesiya terma jamoasida Dyokeresh bilan juda ahil, doimo u bilan yonma-yon o‘ynashga, o‘zi 2-hujumchi rolini bajarib, sherigini qulay vaziyatga chiqarishga intiladi. Biroq ko‘pincha uning o‘zi beixtiyor bo‘m-bo‘sh darvoza qarshisida paydo bo‘ladi. Bu esa pozisiya tanlashdagi mahoratidan dalolat beradi. Har qanday hujumchi xatoliklardan xoli emas. Joriy mavsumda Isak 10ta imkoniyatdan foydalana olmadi. Lekin Xolandda, shuningdek, Salohda ham bu ko‘rsatkich 14ga teng. Demak, qahramonimiz ularga nisbatan intizomliroq.

Ha, «Nyukasl»ni tark etish vaqti keldi. Biroq Isak qishda ketishni istamayapti. Sababi, Fernando Torresdek tajribali hujumchining «Liverpul»dan «Chelsi»ga qishda o‘tishi omadsizlikka olib kelgandi. Xullas, Aleksander chempionlik kurashiga tayyor. Uning ajdodlari angliyalik emas, eritreyalik bo‘lganliklari bois, transfer qiymati rekord darajada bo‘lmasa kerak. «Hakkalar» savdoni 150 mln. funt-sterling bilan boshlamoqchilar. Biroq bu quruq maqtanishdan o‘zga narsa emas. 

E’tiborli jihati shundaki, APLdagi 13ta golini Isak faqat o‘yindan urgan. Aleksander deyarli barcha zarbalarini yaqin masofadan amalga oshirgan. To‘pni raqib darvozasi oldida ko‘proq olib qo‘ygan hujumchi faqat «Bornmut»da bor. APLdagilar taktika bobidagi epchilligi uchun Gravenbex («Liverpul»), Kulushevski («Tottenxem») va Isak («Nyukasl»)ni tanlab olishdi va maqtashdi. Biz esa shvesiyalik futbolchiga salomatlik va omadli transferni tilaymiz.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 30.01.2025. O'qildi: 7521 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик