Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Farhod Nishonov Osiyo kubogi 1-turi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
OSIYO / Qit’a chempionatlari / Yoshlar (U19) OCh
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ertaga O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Yoshlarimiz ilk turda yamanlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Farhod Nishonov musobaqa oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Musobaqa haqida fikrlaringiz qanday, bu siz va jamoangiz uchun qay darajada ahamiyatga ega?
— Ushbu yosh toifasida Osiyo kubogi kabi musobaqaning ahamiyati juda ham katta sanaladi. Chunki bu – yosh futbolchilar uchun professional futbolga o‘tish bosqichi bo‘lib, ular bu kabi musobaqalar orqali o‘z "nom"larini qozonadilar va o‘z o‘rinlarini mustahkamlaydilar. Shu sababli, Osiyo kubogi futbolchilarning keyingi professional faoliyatlari va hayotlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

— O‘zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rdi?
— Osiyo kubogiga reja asosida, yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rdik. Bilasiz, jamoamiz musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Bu safar ham eng yuqori maqsadlarni ko‘zlaganmiz.

— Yamanga qarshi ilk o‘yin haqida nimalar deya olasiz?
— Har doim musobaqani yaxshi boshlab olish muhim, shu sababli o‘ziga yarasha qiyinchiligi va bosimi bo‘ladi. Ertaga birinchi uchrashuvda Yamanga qarshi maydonga tushamiz. Futbolchilarimiz tayyor, yigitlar hammasini tushunib, his qilib turishibdi.

— Tarkibdagi futbolchilarning jismoniy va ruhiy holati qanday?
— Tarkibimizga kelsak, futbolchilarimiz jismoniy va ruhiy holati bilan ham hammasi joyida. Aytganimdek, musobaqaga har tomonlama tayyormiz. Futbolchilarimiz maydonda ham, maydon tashqarisida ham o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda. O‘zaro do‘stona aloqada va bir birini qo‘lllab-quvvatlashmoqda. Men yigitlarga ishonaman, Xudo xohlasa, albatta maqsadimizga yetamiz.

— Ushbu musobaqa yosh futbolchilarning xalqaro maydondagi tajribasini oshirishda qay darajada muhim?
— Tarkimizda xalqaro maydonda to‘p surgan, nufuzli musobaqalarda ishtirok etgan tajribaga ega o‘yinchilarimiz bor, shu bilan bir qatorda, o‘zini ko‘rsatishga tayyor yangi iqtidorli futbolchilarimiz ham yetarli. O‘ylaymanki, bu kabi katta o‘yinlar orqali ular ulkan tajriba orttirishadi.

Har bir o‘yinda g‘alaba qozonib, chempionlik bilan muxlislarimizni xursand qilishni niyat qilganmiz. Bu yo‘lda barcha ishni qilishga tayyormiz. Xalqimizni yaxshi natijalar bilan xursand qilish biz uchun eng katta baxt bo‘ladi. Aytganimdek, oldimizga chempionlikni qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘yganmiz va bunga yetishish uchun hamma narsa yetarli. Ahil, g‘alabaga chanqoq po‘lat xarakterga ega jamoani ko‘ryapman. O‘ylaymanki, mazkur musobaqa yangi nomlarni kashf qiladi. Futbolchilarimiz maydonda borini berib kurashishga tayyor. Jamoamiz bilan eng yuqori maqsad uchun harakat qilamiz, — dedi Farhod Nishonov.

Eslatib o‘tamiz, "C" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Yaman uchrashuvi 13 fevral Toshkent vaqti bilan soat 14:15da Shenchjendagi "Yoshlar futbol bazasi" 1-maydonida start oladi.

Kiritildi: 13:25, 12.02.2025. O'qildi: 2345 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик