Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2025 yil yozida erkin agentga aylanadigan 9 yulduz futbolchi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu yozda eng yaxshi klublarda to‘p surayotgan bir qator yulduz futbolchilar erkin agent maqomini olishi mumkin. Ba’zilarning taqdiri hali hal qilinmagan, boshqalar esa yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilishgan. Masalan, «Liverpul» Trent Aleksander-Arnoldni ushlab qolishi amrimahol, chunki u «Real»ga o‘tishni juda istamoqda. Shuningdek, katta klublarda shartnomasi yakunlanadigan futbolchilar uchun katta kurash boshlangan.

1. Muhammad Saloh («Liverpul»)
32 yoshli misrlik ikkinchi yoshligini boshdan kechirmoqda va hozirgi paytda karyerasining eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda. U 39 o‘yinda 30 gol va 22 assist bilan Yevropada «gol+pas» ko‘rsatkichi bo‘yicha peshqadam.

Saloh «Liverpul» safida sakkiz mavsum o‘tkazgan va ularning yettitasida Yurgen Klopp bosh murabbiy bo‘lgan. Arne Slot boshchiligidagi yangi davr Salohni xafa qilmasligi mumkin, chunki klub Angliya chempionligi sari yo‘l olgan va Chempionlar Ligasining favoritlaridan biri sanaladi. Shu sababli, u yana bir necha mavsum jamoada qolishi ehtimoli bor.

Qiziqish bildiruvchilar: «Real», «Barselona»

2. Yozua Kimmix («Bavariya»)
30 yoshli yarim himoyachi «Bavariya» safida 10 yil o‘ynadi, ammo klub unga yangi shartnoma taklifini qaytarib oldi, chunki u javob berishda ortiqcha ikkilandi.

Kimmixga «Arsenal», «PSJ», «Barselona» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda. Agar u boshqa ligada kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa, hozir eng yaxshi fursat.

Qiziqish bildiruvchilar: «Barselona», «Real»

3. Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»)
Belgiyalik futbolchi jarohatlar sababli avvalgi formasini yo‘qotgan. «Siti» yozda katta o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. De Bryuyne jamoada qolishni istasa, asosiy tarkibdagi joyi kafolatlanmasligini va maoshining 2,5 barobar kamayishini qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Qiziqish bildiruvchilar: «Barselona», «Real»

4. Virjil van Deyk («Liverpul»)
Jamoa sardori yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda, ammo hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. Agar u erkin agent bo‘lib qolsa, «Barselona», «Real» va «Bavariya» kabi grandlar uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Qiziqish bildiruvchilar: «Barselona», «Real», «Bavariya»

5. Leroy Sane («Bavariya»)
Klub rahbarlari asosiy e’tiborni Jamal Musiala bilan yangi shartnoma tuzishga qaratdi, shu sababli Sane masalasi ikkinchi planga tushib qoldi. «Barselona» vingerni olib kelishni asosiy maqsadlaridan biri qilib belgilagan.

Qiziqish bildiruvchilar: «Barselona», «Arsenal», «Manchester Yunayted»

6. Jonatan Devid («Lill»)
Kanadalik hujumchi Fransiya chempionatida yulduzga aylandi. Bu mavsumda u Chempionlar Ligasida 8 o‘yinda 6 gol urdi. Erkin agent sifatida u katta klubga o‘tish imkoniyatiga ega.

Qiziqish bildiruvchilar: «Barselona»

7. Neymar («Santos»)
31 yoshli braziliyalik «Al-Hilol»ga ketgach, jiddiy jarohat oldi va bir yilga safdan chiqdi. Hozir u «Santos»da o‘ynab, jismoniy holatini tiklamoqda. U «Barselona»ga qaytishni juda istamoqda va hozirda klub bilan muzokaralar olib bormoqda.

Qiziqish bildiruvchilar: «Barselona»

8. Jonatan Ta («Bayer»)
«Bayer»ni tark etish niyatini bildirgan 29 yoshli himoyachiga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Xansi Flik uni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi.

Qiziqish bildiruvchilar: «Barselona»

9. Viktor Lindelyof («Manchester Yunayted»)
Shved himoyachisi katta ehtimol bilan «MYU»ni tark etadi. Uning ismi «Fenerbaxche» bilan bog‘lanmoqda, ammo hozircha boshqa jiddiy talabgorlar ko‘rinmayapti.

Qiziqish bildiruvchilar: «Fenerbaxche».

Manba: football24.ru
Kiritildi: 20:00, 05.03.2025. O'qildi: 7283 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик