UYEFA Yevropa Ligasi yarim final javob bahsi yakunlandi. Unda "Manchester Yunayted" o‘z maydonida Bilbaoning "Atletik" jamoasini qabul qildi. Uchrashuv Angliyadagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv "Manchester Yunayted"ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkala uchrashuv natijasiga ko‘ra “qizil iblislar” 7:1 hisobida zafar quchdi va musobaqa finaliga yo‘l oldi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida «Atletik» yarim himoyachisi Mikel Xaurexisar hisobni ochdi. 72-daqiqada "Manchester Yunayted" futbolchisi Meyson Maunt hisobni tenglashtirdi. 80-daqiqada Kazemiro jamoasini oldinga olib chiqdi. 85-daqiqada Rasmus Xoylund hisobni 3:1ga yetkazdi. 90+1-daqiqada Maunt dublini rasmiylashtirdi.
Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1 may kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda “Manchester Yunayted” 3:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan. Bu bahsda "qizil iblislar" safida Kazemiro va dubl qayd etgan Brunu Fernandesh gol muallifi bo‘lgan edi.
Yevropa ligasi. Yarim final. Javob uchrashuvi
2025 yil 8 may, payshanba.
Manchester Yunayted (Manchester, Angliya) – Atletik B (Bilbao, Ispaniya) — 4:1
Gollar:
0:1 — Xaurexisar (31')
1:1 — Maunt (72')
2:1 — Kazemiro (80')
3:1 — Xoylund (85')
4:1 — Maunt (90+1')