Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Navbahor» kuchli raqiblarni mag‘lub eta oladimi? Lushchan javob berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Uchrashuvlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston kubogi, “E” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “FarDU” (3:1) uchrashuvidan keyigi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Bugungi o‘yinni ikki bo‘limga bo‘lish mumkin. Uchrashuvning 1-bo‘limida garchi to‘liq ustunlikka ega bo‘lsakda, hujumda unchalik ishlarimiz yurishmadi. Yigitlar tekis joyda futbolga o‘zgarishlar kiritishga harakat qilishdi. Futbol allaqachon kashf qilib bo‘lingan. Ular ko‘rpani o‘zlariga tortishga intilishdi. Shunday bo‘lsada, bugungi o‘yin natijasidan qoniqdim. Faqat uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida mehmonlar tomonidan urilgan gol yoqimsiz hissiyot uyg‘otdi. Uchrashuvdan so‘ng, yigitlarga o‘yinda 3:0 hisobida yutyapsizmi yoki yutqazyapsizmi, xotirjamlikka berilmay, uchrashuvning so‘nggi daqiqasiga qadar o‘ynashni uqtirdim.

Biz ushbu bahsda oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik. Jamoamizning asosiy o‘yinchilarini “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan uchrashuvga saqlagandik. Rejamizning 70 foizi ish berdi. Birinchi bo‘limda hammasi yaxshi kechganida, maydonga hujum chizig‘i vakillarini tushirmagan bo‘lardik. Kecha bir nafar futbolchimiz safdan chiqqanligi bois, uning o‘rniga Igor Gabrielni maydonga tushirdik va ikkinchi bo‘limda unga dam berishga qaror qildik.

Tanaffusda Abdulhayev biroz jarohati bezovta qilayotganigini aytdi. Shuning uchun uning o‘rniga Mirsaidovni  zaxiradan maydonga tushirdik.  Ta’kidlaganimdek, 70 foiz yigitlarni uch kundan so‘ng, “Bunyodkor” bilan bo‘ladigan o‘yinga saqladik. Biz oldimizga qo‘yilgan vazifani bajardik va bugungi uchrashuv natijasidan qoniqdim.  

– Jamoaning hujum chizig‘iga asosiy tarkib futbolchilarini zaxiradan maydonga tushirish “Navbahor”ning o‘yini kuchayishiga olib keldi. Sizningcha, raqib jamoangizning ishtiyoqqa to‘la real futbol namoyish etganligini qanchalik his etdi?
– Bilasizmi, safimizdagi futbolchilarning barchasi asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi, shu jumladan, Xoldorxonov va Ubaydullayev ham. Jo‘raboyev esa jarohati sababli, yig‘inlarda ishtirok eta olmadi. Lekin u juda iqtidorli yigit va joriy mavsumda jamoamizga yordam beradi, degan umiddaman. Ubaydullayevning jarohatga oid muammosi bor. Xoldorxonov ham juda iqtidorli futbolchi. Pozisiyani his qiladi. Lekin hammasi ruhiyatga bog‘liq.

Jamoamiz tarkibida zaxiradan maydonga hujumdagi 3 nafar futbolchi tushganida, qanday hissiyotlarni boshidan kechirganligini raqibdan so‘rash kerak.

Futbolchining mahorati oddiy o‘yini bilan baholanadi. Bugun zaxiradan maydonga tushgan 3 nafar futbolchilar o‘zlarining mahoratlarini namoyish etishdi hamda gollar urishdi.Mening ularga hech qanday e’tirozim yo‘q.

Lekin amalga oshiriladigan ayrim jihatlar bor va shuni tatbiq etishga harakat qilamiz.  

– O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi bahslarida shogirdlaringizning harakatlarini 5 ballik tizimda necha ballga loyiq ko‘rgan bo‘lardingiz?
– To‘g‘risi, buni baholash qiyin. Chunki “Oq-tepa” bilan bo‘lgan va bugungi bellashuvda biz maydonga kam o‘yin amaliyotiga ega va jarohatidan forig‘ bo‘lgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Ular asosiy tarkib o‘yinchilari bo‘lishganida, baholasa bo‘lardi.

“Neftchi” bilan bo‘lgan uchrashuv esa menga juda yoqdi. O‘sha bahsda farg‘onaliklar ham, biz ham g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Menimcha, “Neftchi”ga qarshi kechgan o‘yin natijasi adolatli bo‘ldi. Jamoamiz yaxshi. Buni “Navbahor”ning o‘yinini kuzatayotgan mutaxassislar ham sezishayotgandir, balki. Yana 5-6 nafar futbolchilarga o‘yin amaliyoti kerak va umid qilamanki, ular o‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Bu esa tarkibda raqobatni yuzaga keltiradi.

Besh ballik tizimda menimcha, jamoa o‘yinini 3 ballga loyiq ko‘rsa bo‘ladi. Balki, keyinchalik bu kerakli paytda, yuqori o‘rinlar uchun kurashlar paytida   5 ballga yetib qolar.  

– Uchrashuvning 1-bo‘limida jamoangizning o‘yini unchalik qovushmadi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar uchrashuv taqdirini hal qilishdi. Bu rejangizdan o‘rin olganmidi?
– Albatta, bu rejamizdan o‘rin olgandi. Uchrashuvning 1-bo‘limida bizni qoniqtiradigan hisob qayd etilganida, ularni maydonga tushirmasdik. Yana 3 kundan so‘ng, Superliga doirasida “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan o‘yinimiz bor. Shu bois, ularni o‘sha bellashuvga asragandik. Har 3-4 kunda bitta tarkib bilan o‘yinlar o‘tkazish qiyin. Bu futbolchilarning jarohat olishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa bizga kerakmas. Shuning uchun boshqa o‘yinchilarga ham imkoniyat beryapmiz.

– Pedroning holati borasida nima deya olasiz?
– U ikki hafta davomida shifokor nazoratida bo‘ldi va og‘riqlardan xalos bo‘ldi. Pedro o‘zini yaxshi his qilmoqda. U juda yaxshi, tartibli futbolchi. Muammo bormi, uni hal qilish kerak. Umid qilamanki, Pedro tez orada maydonga qaytadi. Uni eski jarohati bezovta qildi. Pedro mahoratli futbolchi. U bugundan mashg‘ulotga qo‘shildi.

– “Navbahor” shu kungacha Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan yarmida g‘alaba qozondi. Yutuqqa erishilgan bahslarda “Oq-tepa” hamda bugungi “FarDU” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlar ham bor. "Navbahor"dan keyingi jiddiy raqiblarga qarshi kechadigan bellashuvlarda ham nimadir kutsa bo‘ladimi?
– Biz har bir o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz. Biroq uchrashuvning qanday tarzda kechishini oldindan bilmaymiz. Biz zafar quchish uchun harakat qilamiz, shunga intilamiz. Mening yigitlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Lekin ruhiy tarafdan muammolar bor.

Masalan, “Manchester Siti” va “Barselona” kabi jamoalar ham so‘nggi bahslarda mag‘lubiyattga uchrayapti. O‘yinlarda qanday holatlar yuz berishini esa oldindan bashorat qila olmaysiz. Biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Ancha o‘sishga erishdik. To‘g‘ri, ayni paytda O‘zbekistonning eng kuchli 5 jamoasi qatorida emasdirmiz, ammo shunga intilyapmiz hamda shunday klublar qatoridan o‘rin olamiz. Men bunga ishonaman.  Faqat buning uchun futbolchilarni g‘alabalarga ruhan  tayyorlash lozim. Yigitlarga uchrashuv hushtak bilan boshlanib, yakunlanishini uqtirish kerak. Shunda har qanday jamoa uchun “Navbahor” jiddiy raqibga aylanadi. Natijalarni yaxshilash uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:49, 15.05.2025. O'qildi: 1797 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.