Poytaxtimizda joylashgan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasiga qarashli “Suv sporti saroyi”da suzish bo‘yicha I Markaziy Osiyo ochiq chempionati start oldi.
Prezidentimizning 2024 yil 4 noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025 yil 13 fevral kuni o‘tkazilgan olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan mamlakatimiz Sport vazirligi va Suv sporti federasiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada "A", "B" va "C" yosh toifalaridagi sportchilar ishtirok etmoqda.
I Markaziy Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoalari vakillari bir qator yo‘nalishlar va turli masofalarda 158 ta medallar jamlanmasi uchun raqobatlashadi. Bahslar davomida ishtirok etadigan suzuvchilarning soni 168 nafarni tashkil etsa, ular orasidan 60 nafari o‘zbek yigit-qizlaridir.