Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vadim Abramov: «Raqiblar bizdan xafa bo‘lishmasin – vaqtni cho‘zishsa, endi hech qanday feyr-pley bo‘lmaydi!»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

«Dinamo» — «Qizilqum» (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytarib, o‘yingohdagi futbol atmosferasi, zaxiradan tushganlar gol urgani va kambek haqida fikrini bildirdi.  

«Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Shuncha muxlislar qarshisida ularni quvontira olganimizdan juda xursandmiz. Bu samarqandlik muxlislar bilan birga qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘ldi. Jamoa mag‘lub bo‘lib turganda ham minglab muxlislar stadionni tark etmay bizga ishonib turishgandi va ularning ishonchini qozona oldik. Bu juda xursand qiladi. O‘yin yakunida omad bizga kulib boqdi.

Ammo qayd etishim kerak – o‘yinimizda pasayish bor. Endi FIFA kunlari sababli tanaffus yuzaga keladi. Bundan foydalanib, futbolchilarni yaxshiroq tiklanib olishi uchun ishlarni olib boramiz. Bu orqali avvalgi holatimizga qaytishimiz kerak. Aksariyat o‘yinchilarimiz terma jamoalarga yo‘l olishadi.

— Ketma-ket ikki o‘yindan buyon raqib jamoalar «Dinamo» bilan o‘yinda himoyada «avtobus» qo‘yishmoqda. Bu jamoa o‘yiniga qay daraja ta’sir qiladi?
— Bu faqat «Dinamo» emas, istalgan jamoa uchun muammo bo‘ladi. O‘yin davomida bu to‘siqlarni yengib o‘tish uchun turli taktik ishlanmalar ustida doim ishlaymiz. O‘yinni nazorat qilish va to‘pni o‘zimizda saqlab, raqibni to‘psiz qoldirish evaziga bunga yechim topish mumkin. Umuman olganda, raqib himoyada o‘ynayotgan ekan, demak bizni hurmat qilishni boshlashgan.

— «Dinamo» qo‘l ostingizda bundan 26 yil avval – 1999 yilda Mahmud Rahimov boshqaruvida erishgan chempionatdagi 11 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya rekordini takrorladi...
— Bu xursand qiladi. Bunday natijani takrorlaganimiz yoqimli. Ammo biz hech qanday rekordlar ortidan quvmaymiz. Buni unutish kerak va shunchaki har bir o‘yinda o‘ynash kerak. Chunki rekordlar qachondir baribir tugaydi. Shu bois buning qandaydir hayratlanarli joyi yo‘q.

— Jamoa himoyasida saviyali va tajribali himoyachilar to‘p surayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi ikki o‘yinda himoyadagi xatolar gollarga sabab bo‘ldi. Bu haqda fikringiz?
— Qo‘shilaman, hujum qilayotganda noto‘g‘ri qarorlar bunga sabab bo‘lmoqda. Bunga e’tibor qaratganmiz. Jamoa hujum qilayotganda, himoyachilar yuqoriroqqa chiqib yordam berayotganda belgilangan yarimhimoyachilar raqibni nazorat qilishi kerak. Bunday paytda og‘irlik himoyaga tushmoqda, garchi ular katta hajmdagi ishni bajarayotgan bo‘lsada. Tahlil qilib, buning ustida ishlaymiz.

— Zaxiradan tushirgan o‘yinchilaringiz burilish yasay olishdi. O‘rmonjonov hisobni tenglashtirdi, Qodirqulov g‘alaba golini urdi...
— Bu o‘yinchilar ham aslida asosiy tarkib o‘yinchilari. Tarkibimizda 22 o‘yinchining hammasi maydonga tushishga haqli. Ular istalgan payt maydonga tushib, o‘yinimizni kuchaytira olishadi.

— «Dinamo» kubok nimchorakfinalida «Lochin»ga qarshi o‘ynaydi. Ko‘pchilik bu raqib tushganidan quvonmoqda, ammo bu talabalar jamoasi «Surxon» va «Andijon»ni kubokdan chiqarib yuborganini unutmaslik kerak, shunday emasmi?
— Bu borada haqsiz, «Lochin» Superliga klublarini mag‘lub etib, oddiy jamoa emasligini ko‘rsatdi. Tarkibida tajribali o‘yinchilar bor. Biz ham ularni guruh bosqichida qiyinchilik bilan mag‘lub etgandik. Bu o‘yindan oldin 6 nafar futbolchimiz turli yoshdagi terma jamoalarimiz safiga chaqirilgan, ularga qarshi bahsda bor tarkibdan foydalanishimga to‘g‘ri keladi. Muxlislarni xafa qilmaslikka harakat qilamiz. Kubokda ham maqsadlarimiz bor.

— Fraydey ogohlantirilgan vaziyat haqida fikringiz...
— O‘sha vaziyatda VAR nega taklif etgani men uchun tushunarsiz. Chunki raqib futbolchisi simulsiya qilishga urindi, aslida unga sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak edi deb o‘ylayman. Bu vaziyatdagi provakasiyasi uchun raqib o‘yinchisi ogohlantirilishi kerak edi.

Hozirdan ogohlantirib qo‘yishni istardim, keyin bizdan xafa bo‘lishmasin – bunaqa munosabat bilan biz tomondan endi hech qanday feyr-pley bo‘lmaydi! Maydonga o‘ynash uchun tushganlar shunchaki o‘yinni cho‘zishmoqda. Ular o‘yin tempini tushirmoqda, biz esa to‘pni yana ularga shunchaki qaytarishimiz kerakmi? Bu axmoqlik. Mana shunday vaziyatlarda endi to‘pni qaytarib bermaymiz va o‘ynashni davom ettiramiz. Buning uchun bizdan xafa bo‘lishmasin va hushtakbozlik ham qilishmasin. Shuncha o‘yin cho‘zilishlariga qaramay, bor yo‘g‘i 6 daqiqa qo‘shilgani ham hayron qoldirdi.

— Bugun muxlislar «Engilmas bu – oq armiya» yozuvli ulkan bannerni ko‘tarishdi. Bu mag‘lub bo‘lmayotgan o‘yinchilarga ta’sir qilmaydimi?
— Bu bosim yuklamaydi, aksincha futbolchilar shunday deyishlariga erisha olishdi. Aynan mana shu o‘yinchilarimiz stadionda minglab odamlar kelib, ularni qo‘llab-quvvatlayotganiga sabab bo‘lishdi. Shunday davom etishi kerak. Bunday atmosfera ularni ham xursand qiladi. Samarqand ahliga bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelayotganlari uchun rahmat deymiz va shu o‘rinda jamoamizdagi har bir o‘yinchidan ham minnatdorman, ular o‘z o‘yinlari bilan bunga erishmoqdalar

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:37, 26.05.2025. O'qildi: 2074 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик