Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maksim Shaskix: "Ikkinchi davrada boshqacha shakllangan jamoa paydo bo‘ladi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Andijon" – "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix ishtirok etdi.

- Ko‘p gapirishdan foyda yo‘q. Yomon o‘yin ko‘rsatdik. Uchrashuvdan avval qanday o‘ynash kerakligini tushuntirgandik. Afsuski, barchasi aksincha tus oldi. Futbolchilar ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishmadi. Tahlil qilamiz, o‘rganamiz. O‘yinchilarimizni ko‘p qismi bunday uchrashuvlarga tayyor emas. Yoshlar ham birdaniga o‘ynab keta olmaydi. O‘yin tashkil qilish va yana bir qancha jihatlarda bizga vaqt kerakligi ko‘rinib turibdi. O‘yinni o‘zgartirishga qilgan urinishlarimiz ham ta’sir ko‘rsata olmadi. Doimgidek, asosiy muammolarimiz himoyada. Shu bilan birga yaxshi futbolchilarimiz ham bor. O‘ylaymanki, hammasi iziga tushib ketadi. Ikkinchi davrada boshqacha shakllangan jamoa paydo bo‘ladi, deb o‘ylayman. Uchrashuvda bir qator muammolarimiz ham ko‘rindi. Tegishli xulosalarni chiqaramiz.

- Maydon markazi raqibga berib qo‘yildi. "Bunyodkor"da bu pozisiyada tajribali o‘yinchilar bor. Shoxjahon Yorqinboyev ikkinchi bo‘limda maydonga tushirsangiz bo‘lmasdimi?

- Mashg‘ulotlarda ishlashini, harakatini ko‘rib unga imkoniyat berishga qaror qildik. O‘rinbosarlar safida o‘ynayotgandi va bugun asosiyda. Bizda boshqa variant ham yo‘q edi. Endi biroz tanaffus bo‘ladi va yig‘in tashkil qilamiz. Ana shunda o‘yinchilarning miyasini yanada shakllantiramiz. Jismoniy holat bo‘yicha bizda yaxshi. Futbol bugungi kunda aql bilan o‘ynaladigan o‘yin. Kim yaxshi, tez va aqlli fikrlasa o‘sha bugungi futbolda g‘alaba qozonadi.

- Legioner Luka Uskokovich qaydnomaga kiritilmayapti. Unda jarohat yo‘q, nega o‘ynamayapti?

- Lukada jarohat bor, u davolanyapti. Superkubokda jarohat olgandi. Shundan beri o‘ynamadi. Jarohatidan qutulish uchun harakat qilyapti. Tiklanishiga oz qoldi va safimizga qaytadi. Markaziy himoyada himoyachi bo‘lmagan Ismonaliyev, Azimov kabilar boshqa pozitsiyalarda o‘ynashga majbur bo‘ldilar. Afsuski, bizda boshqa varianlar yo‘q edi.

- Altin Kreziu nega zaxirada qolyapti?

- Kim qanday ishlasa, shunga yarasha o‘ynaydi. Bu haqida har kuni o‘yinchilarga aytaman va buni ular yaxshi bilishadi. Bu normal jarayon deb hisoblayman. Mashg‘ulotlarda borini berib mehnat qilish kerak. Boshqa yo‘l ham yo‘q.

- Ilhom Abdug‘aniyevni muxlislar bilan o‘rtasida yuz bergan holatga munosabatingiz.

- Noto‘g‘ri qildi, men buni unga aytdim. Jarimaga tortiladi. Har qanday holatda ham haqorat qilganida javob qaytarmasliging kerak edi, xato qilding deb aytdim. To‘g‘risi, nima deb baqirishganini eshitmadim. Futbolchi maydonga tushdimi, o‘z ishini qilishi kerak. Murabbiy esa natijaga javob beradi. Boshqa narsaga e’tibor qaratmasligi lozim. U ham tribunadagi holatga e’tibor qaratmasligi kerak. Biz bu bo‘yicha gaplashib olamiz va tegishli xulosalarni chiqaramiz. Umid qilamanki, boshqa bunday holat bo‘lmaydi.

- Ikkinchi davrada "Paxtakor"dan Azmiddinov, Saidnurullayev va Usmonovning kelishi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Bu qanchalik haqiqat?

- Usmonov va Saidnurullayev bizga o‘tadi. Azmiddinov masalasi katta savol. Uni jalb qilish oson bo‘lmaydi. Futbolchini yaxshi bilaman, bizga foydasi tegadi. Rahbariyat bilan uni ijaraga olish masalasini gaplashib ko‘ramiz. Rejalar bor va buni amalga oshirish uchun biroz vaqt kerak. O‘yinchilarni avvaldan bilaman, kreativ yigitlar.

- Birinchidan davradan so‘ng hozirgi tarkibdan ham yana kimlardir jamoani tark etadimi?

- Albatta, bo‘lishi mumkin. Hozircha bu savolga javob bera olmayman. Futbolchi mehnat qilishi va o‘ynashi kerak. Yetarlicha tajribasi, amaliyoti bo‘lmagan futbolchini klubda olib qolishdan ma’no yo‘q.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 03:59, 06.07.2025. O'qildi: 634 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик