Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga-2026. Mundial yilida Liga rejalarida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A
Kelasi yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi.

"O‘z navbatida, Liga taqvim reja ishlab chiqayotganda mazkur masalani inobatga olishi lozim. 

Shu yilning 31 iyul sanasiga qadar biz FIFA ish rejasiga futbolchilarni rasmiy musobaqalar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davrini yuklashimiz lozim edi. Shundan kelib chiqib, 2026 yilgi mavsum uchun qishki transfer oynasi shu yilning 5 dekabr sanasida ochilib, u kelasi yilning 20 fevraliga qadar davom etishi belgilandi. Navbatdagi yozgi transfer oynasi esa 22 iyundan boshlab 24 iyulga qadar davom etadi. 

Ma’lumki, kelasi yilning 1-9 iyun sanalari FIFA kunlari sifatida belgilab qo‘yilgan. Mundial esa 11 iyun kuni start olib, 19 iyulga qadar davom etadi. Musobaqaning guruh bosqichi 27 iyun kuni yakuniga yetadi. Shundan kelib chiqilsa, O‘zbekistonda iyun oyida davomida odatdagi tartibda rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishda cheklovlar bo‘lishi mumkin. Reglamentga ko‘ra, milliy terma jamoaga uch va undan ortiq futbolchisi jalb etilgan klub rasmiy uchrashuvni ko‘chirishni so‘rab Ligaga murojaat qilishi mumkin. Ayni vaqtda qaysi klub bilan bunday holat yuz berishi Ligaga ma’lum emas. Qolaversa, terma jamoa ustozlari iyun oyidagi FIFA kunlarida kengaytirilgan tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazishi ehtimoli mavjud. Jahon chempionati davom etayotgan bir vaqtda milliy chempionat o‘yinlarini o‘tkazish esa mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.  

Shundan kelib chiqilsa, bizda uch variant mavjud: 

• "Superliga va Pro liga reglamenti" 10.9-bandiga o‘zgartirish kiritish hamda iyun oyidagi FIFA kunlari davomida hech bo‘lmaganda O‘zbekiston Kubogi musobaqasini davom ettirish hamda o‘rtadagi katta tanaffus muddatini biroz qisqartirish (Afrika Millatlar Kubogiga 3 nafardan ko‘proq futbolchisini yuborgan APL klublari rasmiy uchrashuvlarda davom etadi);

• iyun-iyul oylarida katta tanaffus e’lon qilib, mavsumni avgust oyidan boshlab davom ettirish va Kubok formatiga o‘zgartirish kiritish; 

• iyul oyining ekvatoridan boshlab mavsumni davom ettirish, katta tanaffus muddatini biroz qisqartirish va barcha musobaqalarni o‘z formatida qoldirish. 

Mazkur masalalar Liga va klublar ishtirokidagi yig‘ilishda o‘zaro hal qilinadi. Shu xususda Liga bir qator mutaxassislar, jumladan, Ro‘ziqul Berdiyev, Mirjalol Qosimov, Timur Kapadze, Vadim Abramov kabil mutaxassislar fikri bilan qiziqdi. Va albatta qolgan klublar ham bu borada o‘z takliflari bilan ishtirok etadi. 

Ayni vaqtda 2026 yilgi mavsum uchun ishchi taqvim reja ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra musobaqa fevral oyining so‘nggi kunlarida start olishi va may oyi yakuniga qadar Superliganing 15 ta tur uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqaning start olishida "Nasaf" va "Andijon" klublarining o‘zi ishtirok etayotgan xalqaro musobaqalar guruh bosqichidagi ehtimoliy muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizligiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yozgi transfer oynasi ochilgunga qadar Superliganing teng yarmi ortda qolishiga e’tibor qaratiladi. 

Mazkur holatda Kubok formatini o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘iladi. Unga ko‘ra, guruh bosqichi bekor qilinadi, Superliga va Proliga klublari 1/16 finaldan e’tiboran qo‘shiladi. Bunda har bir bosqichda jamoalar faqatgina bitta o‘yinda maydonga tushadi, mag‘lub jamoa musobaqani tark etadi. Boisi, mavsumning ikkinchi yarmida ham xalqaro taqvimning zichligi ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 

Jumladan, FIFA kunlari shu vaqtga qadar 9 kunni tashkil qilgan bo‘lsa, 2026 yilning sentyabr va oktyabr oyiga reja qilinishi kerak bo‘lgan FIFA kunlari qo‘shib yuborilgan va u umumiy 16 kundan iborat bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, Superliga klublari bu vaqt oralig‘ida qo‘shimcha yana 18-20 kunlik tanaffusga chiqishiga to‘g‘ri keladi. Shularni inobatga olib, Liga taklif qilayotgan taqvimda Superliganing 2026 yilgi mavsumi 30 noyabrga qadar nihoyasiga yetishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga qadar yetib kelgan 4 ta klubgina dekabr oyida ham rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Sir emaski, Liga Kubok finallariga so‘nggi yillarda katta e’tibor qaratib keladi. Buning uchun final ishtirokchilari avvaldan aniqlab olinishi va reja shu asosda olib borilishi muhim. Biroq 2026 yilgi ishchi rejada bu biroz murakkab hisoblanadi (Kubok yarim finaliga qadar yetib kela olmagan klublarning mavsumni ertaroq yakunlashi masalasi ham bor). Shundan kelib chiqib, yarim final va finaldan joy olgan umumiy 3 ta bellashuv markazlashgan tarzda — final bosqichi maqomida o‘tkazilishi mumkin. Ya’ni, yarim finalga qadar yetib kelgan barcha 4 ta klub final bosqichi uchun bir shaharda to‘planadi. Finalga oid tadbirlarning barchasida mana shu klublar umumiy ishtirok etadi, bundagi barcha masalalar Liga tomonidan olib boriladi. 

Mazkur mavzu jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilayotgan bo‘lib, avgust oyi yakunida Liga barcha klublar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazadi va yuqoridagi masalalarni ular bilan kelishadi. Klublar o‘z taklifini ishlab chiqishi uchun yetarli vaqt bo‘lishi, shuningdek, kelasi yilga mo‘ljallangan taqvim Assosiasiyada ham tahlil qilinib, tashkilot bu borada o‘z fikr va mulohazalari bilan ishtirok etishi Liga uchun muhim hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, Assosiasiya milliy terma jamoaning kelgusi yil uchun rejalarini tezroq ishlab chiqishi va ehtimoliy shoshilinch o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yilmasligida asqatadi", – deyiladi xabarda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:32, 04.08.2025. O'qildi: 1239 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик