"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike "Oltin to‘p" haqida gapirdi.
Sovrin uchun kurashda favorit sifatida parijliklar vingeri Usmon Dembele ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiyning fikricha, sovrin unga nasib etishi kerak.
Enrike jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, fransuz yoki marokashlikdan birini alohida ta’kidlab o‘tmadi.
"Futbol - jamoaviy sport turi. Muxlislarimiz jamoa sifatida sovrinlar yutishimizni kutishmoqda, bu esa o‘z-o‘zidan individual sovrinlarga olib keladi. Bizning maqsadimiz - jamoaviy ravishda kuchli ekanligimizni ko‘rsatish. O‘tgan mavsumda aynan shunday qildik. Shaxsiy yutuqlar biz uchun ustuvor emas," - dedi ispaniyalik bosh murabbiy "Tottenxem"ga qarshi Yevropa Superkubogi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
"Oltin to‘p" topshirish marosimi 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.