Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 41 67 62 170
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1861 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OCHL 2 qur’asi atrofidagi voqealar yoxud OFK bosh kotibining «Andijon»ga ezgu tilagi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Andijon
Rukn: Reportajlar
A A A

«Andijon» klubi ham Osiyo futboli jamoatchiligi tomonidan oxirgi paytlarda tez-tez e’tirof etilmoqda. Bunga yana bir bor Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi uchun bo‘lib o‘tgan seminar va qur’a tashlash marosimida amin bo‘ldik.

Mazkur tadbirga OCHL 2 ning barcha a’zolari taklif etilgan bo‘lib, tabiiyki, ularning orasida «Andijon» vakillari ham bor. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi «Interkontinental» mehmonxonasida o‘tkazilgan tadbirlar juda yuqori saviyada tashkil etildi va juda iliq taassurotlar qoldirdi. Osiyo futboli oilasining a’zosi sifatida «Andijon» ham xalqaro maydondagi mavqei hamda nufuzi tobora oshib borishida OCHLdagi ishtiroki juda muhim.

Jamoamiz rahbariyati ham ushbu tashrifdan unumli foydalanib, qisqa vaqt ichida samarali uchrashuvlar o‘tkazdi, raqib jamoa rasmiylari bilan o‘zaro fikrlar almashildi va tashkiliy tomonlama bir-birlariga yordam berishga kelishib oldilar.

Qur’adan avval tashkil etilgan seminarda turnir davomida nimalarga e’tibor qaratilishi yuzasidan kerakli tushunchalar berildi. Bu borada barcha yo‘nalishlar qamrab olingan bo‘lib, hammasi qat’iy nazorat ostida bo‘lishi, tashkiliy tomonlama bekamu-ko‘st bajarilishi yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar aytildi.

Qur’aga qiziqish katta bo‘ldi. Bu borada OFK tashkilotchilik tomonidan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi. U yerda butun Osiyo futboli jamoatchiligi, har bir klub rasmiylari, komissarlar, qo‘yingki, futbolga daxldor barcha o‘sha yerda jam bo‘ldi.

Barcha uchun taniqli bo‘lgan, «Barselona»ning sobiq futbolchisi va hozirda BAAning «Al-Vasl» klubida sport direktori lavozimida ishlayotgan Erik Abidal bilan kutilmagan uchrashuv ham yaxshi taassurot qoldirdi. U endi «Andijon» haqida biladi.

Eronlik taniqli futbol yulduzlaridan biri Xudodod Aziziyni ayniqsa, yoshi katta muxlislar juda yaxshi eslashadi. «Andijon» jamoamizga OCHL bahslarida omad tiladi.

Kecha ta’kidlab o‘tganimizdek, OFK bosh kotibi o‘rinbosari, musobaqalarni o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Shin Man Gilga klubimiz rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi va yaqindan hamkorlik qilish borasida o‘zaro fikr almashdilar. Raqiblar aniq bo‘lgach esa «Al-Ahli», «Arkadag» va «Al-Xaldiya» rasmiylariga ham jamoamizning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hamyurtlarimiz - OFKda musobaqalarni o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Avazbek Berdiqulov va Qatar futbol assosiasiyasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Alisher Nikimbayevlar bilan o‘zaro muloqot jarayonlari ham juda samarali kechdi. Ular hamma vaqt jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga, xalqaro maydonda tashkiliy tomonlama yordam berishga tayyorliklarini ma’lum qildilar.

Qur’a jarayonida bevosita ishtirok etgan bahraynlik sobiq futbolchi Mahmud Abdulrahmon bilan ham alohida uchrashuv tashkil qilindi va u «Andijon» matbuot xizmati uchun intervyu berdi.

Tadbir yakunida OFK bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan ham uchrashdik. U klub matbuot xizmatiga shunday dedi:

“Sizlarni bu yerda ko‘rib turganimdan xursandman. «Andijon» ilk bor OCHL 2 da qatnashadi va yangi boshlanayotgan musobaqa bilan tabriklayman. «Andijon»ga guruhdan chiqishida muvaffaqiyat tilayman”.

Shu tariqa, jamoamizning Osiyo Chempionlar ligasidagi hayoti boshlandi. Ilk uchrashuv 17 sentyabr kuni Turkmanistonda «Arkalag» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ungacha esa milliy chempionatdagi ishtirokimizga e’tibor qaratamiz. 17 avgust kuni soat 19:00 da Maksim Shatskix jamoasi safarda «Mash’al»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:01, 16.08.2025. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик