Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boshqa
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Toshkent shahrida qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi. 

Uning qurilishiga 2022 yil 9 noyabrda tamal toshi qo‘yilgan edi. O‘shanda davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va o‘zbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanishi, me’moriy jihatdan mukammal, energiya tejamkor va eng ilg‘or innovasion yechimlarni mujassam qilgan zamonaviy majmua bo‘lishini ta’kidlagandi.

Shunday ham bo‘ldi – qisqa vaqt ichida 100 gektardan ziyod maydonda muhtasham majmua qad rostladi. Qariyb 290 million dollarlik ushbu noyob loyiha “CAMC Engineering” kompaniyasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirildi. 

Shaharchada 5 ta asosiy sport majmuasi joylashgan.

Xususan, Velodrom murakkab muhandislik yechimlari asosida, o‘ziga xos dizaynda qurilgan. Uning yog‘och qoplamasi sifati, trayektoriyasi va burilish burchaklari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi talablariga javob beradi. Jumladan, yo‘lak eng mustahkam daraxtlardan yasalgan, qavatma-qavat yotqizilgan. Bu sifat muntazam saqlanishi uchun velodromda yil davomida bir xil harorat ta’minlanadi. Hatto velosportchilarga havo qarshiligigacha inobatga olingan.

Trekka yorug‘lik bir xil va teng darajada tushadi. Bu sportchilarga qulaylik bo‘lishi bilan birga, tomosha va televizion translyasiya me’yorlariga ham mos. O‘rindiqlar 2 ming 200 kishiga mo‘ljallangan. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining yangi talabi bo‘yicha tomosha joylariga himoya to‘sig‘i o‘rnatilgan.

Shuningdek, majmua ko‘p funksiyali bo‘lib, bu yerda stol tennisi, qilichbozlik bo‘yicha musobaqa va mashg‘ulotlar o‘tkazish ham mumkin. Bunday darajadagi velodrom O‘zbekistonda birinchisi.

Mutasaddilarga hududlarda sharoit yaratib, velosportni rivojlantirish bo‘yicha dastur tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Prezidentimiz stol tennisi hammabop, arzon va qulay sport ekanini ta’kidlab, har bir maktab va mahallada uni ommalashtirish, anjomlarini ishlab chiqarish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shaharcha markazida 12 ming o‘rinli stadion joylashgan. Xalqaro turnirlar paytida bu yerda tantanali marosimlar tashkil etiladi. Asosiysi, yashil maydon va 9 qatorli yugurish yo‘lagida yengil atletikaning 48 ta yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Jumladan, jahon chempionati, Brilliant ligasi, paraatletika bahslari, ko‘zi ojizlar o‘rtasida IBSA o‘yinlarini tashkil etish mumkin. Boshqa paytlarda stadiondan mahalliy o‘quv-yig‘inlar, amaliy mashg‘ulotlar orqali dual ta’limda foydalaniladi.

Stadiondagi to‘rt qavatli binoda terma jamoalar mutaxassislari va sport federasiyalari faoliyat yuritadi.

Yengil atletika va para sport turlari aholi salomatligini mustahkamlashda juda samarali. Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida ular bo‘yicha dastur ham keng. Lekin yurtimizda bu imkoniyatlar to‘la ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois yengil atletikaning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berildi. Unga ko‘ra, viloyatlardagi stadionlar rekonstruksiya qilinib, yengil atletika uchun sharoitlar yaxshilanadi, xorijdan murabbiylar olib kelinadi, sportchilar mahoratini oshirish maqsad qilib qo‘yiladi.

Ulkan suv sporti saroyi ham zamonaviy va qulay. Unda 25x50 metrli suzish va 25x20 metrli suvga sakrash havzalari, mashg‘ulotlar uchun basseyn va trenajyor zallari bor. Barcha sharoitlar va o‘lchamlar xalqaro olimpiya standarti talablariga javob beradi.

Yaqinda "World Aquatics" federasiyasi delegasiyasi majmuani ko‘rikdan o‘tkazdi va buni tasdiqladi. Ya’ni, bu yerda suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi bo‘yicha qit’a va jahon chempionatlari, Olimpiya dasturidagi nufuzli musobaqalarni tashkil etish imkoniyati bor. Ularni 2 mingdan ziyod muxlislar tomosha qilishi mumkin.

Davlatimiz rahbari suv sport turlarini rivojlantirish, xalqaro turnirlarda natijalarni yaxshilash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Jamoaviy va yakkakurash sport turlari majmualari ham xalqaro talablar darajasida bunyod etilgan. Ularning har biri uch qavatli, 2 ming o‘rinli. Jumladan, birinchisida voleybol, basketbol va gandbol bo‘yicha mashg‘ulot va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mumkin. Yakkakurashlar majmuasi dzyudo, boks, taekvondo kabi sport turlarini rivojlantirishga asos bo‘ladi.

Prezidentimiz shu yerda sportchilar bilan suhbatlashdi.

– Xalqaro musobaqalarda bayrog‘imizni baland ko‘tarib, mamlakatimiz rivojini namoyon etyapsizlar. Sizning har bir yutug‘ingiz xalqimiz uchun katta g‘urur, yoshlarimizga kuch, dalda. Bu harakatlarni davom ettirib, bolalarni ortingizdan ergashtirib, sportimizni yanada yuksaltirishingizni tilaymiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Olimpiya shaharchasida futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon ham barpo etildi.

Bundan tashqari, 400 o‘rinli paralimpiya yotoqxonasi, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi qurilishi yakuniy bosqichda.

Shaharchadagi barcha inshootlar energiya tejamkor bo‘ladi. Avtoturargohlar ustida quyosh panellari o‘rnatiladi.

Manba: president.uz
Kiritildi: 16:34, 18.08.2025. O'qildi: 816 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик