Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yelichich: "Hisobni ko‘rib, yengil o‘yin bo‘lgan deb o‘ylashlari mumkin"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Yangiliklar
A A A

Pro Liganing 13-turida "Lokomotiv" o‘z maydonida "Jayxun" jamoasini qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Mirko Yelichich o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Hisobni qarashsa, yengil o‘yin bo‘lgan deb hisoblashlari mumkin, biroq bu ligada yengil o‘yinlar bo‘lmaydi. "Jayxun" jamoasi menga yoqdi, ular maydonda o‘zlarini yaxshi tutishadi, futbol o‘ynashga harakat qilishadi. Bugun ularga nimadirlar yetishmadi, balki tajriba yetishmagan bo‘lishi mumkin. Balki uzoq yo‘ldan keyin yigitlarda kuch qolmagandir. Mening jamoamda esa yaxshilanish va rivojlanish bor. Qadam va qadam oldinga harakatlanyapmiz.

- Natijani bir chetga surgan holda: futbolchilar ko‘rsatmalarni qanchalik bajarishdi? O‘yindan mamnunmisiz?

- Men shunday odamman, doimo norozi bo‘laman. Men uchun doimo o‘yinda o‘xshagan ishlardan o‘xshamagani ko‘proq bo‘ladi. Doimo bu holatlarni yaxshilashga, rivojlantirishga harakat qilaman. Istalgan inson aytishi mumkin, mening eng yaxshi jamoam shu. Shu sababli har doim rivojlantirish yo‘lida ishlayman. Hozirgi holatda, balki, hisob unchalik muhim bo‘lmagandir. Biroq o‘yinda ko‘rindiki, nimalarnidir yaxshilash kerak. Yaxshi tomoni shundaki, ishlarimiz ko‘rina boshlandi.

- Bugun debyutini amalga oshirgan Husanov va Abdusalomovning o‘yinini qanday baholaysiz? Ularga yana imkoniyat beriladimi?

- Buni bilmadim, kelgusi ishlarni taxmin qilib bo‘lmaydi. Jarohatlar yoki kartochkalarda muammolar bo‘lishi mumkin. Hozir ikkinchi davradamiz. Ya’ni, ko‘p narsalarni o‘zgartirmay katta kuch bilan futbol o‘ynash mumkin, keyin mavsum yakunlanadi. Nimalarnidir o‘zgartirish esa ochkolarning yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hudo xohlasa ularga yana imkoniyat beramiz. Lekin bu savolga aniq javob bera olmayman.

- Maydondagi tartib-intizom Siz uchun qanchalik muhim?

- Juda muhim. Ilk navbatda futbolchi maydondagi vazifasini tushunishi kerak. Kim tushunmasa maydondagi ishini tugataverishi kerak. Uning vazifasini qanchalik tushunishini maydondagi tartib-intizomidan sezsa bo‘ladi: professional va jamoaviy bo‘lish muhim. Har doim ishlashda davom etish kerak, lekin mayda detallar ham bor. Ishlaring yaxshi ketayotgan bo‘lsa, ishlashni to‘xtatish kerak degani emas, yanada kuchayish darkor.

- Qisqa muddat ichida 3ta o‘yin o‘tkazdingiz. Endi 20 kundan ko‘proq ta’til bor. Bu vaqt ichidagi rejalar qanday?

- Bu biz uchun noqulay. Dunyoning barcha ligalarida ham bunday bo‘lmasa kerak. Ligada o‘zi oltitagina jamoa bor, o‘yinlar soni yetarli emas. Liganing qanday ekanligini his qilib bo‘lmaydi. Keyin ta’til yuzaga keladi va jarayonni buzib qo‘yadi. Shu sababli bu davr uchun yaxshi raqiblar izlayapmiz va mashg‘ulotlarda qattiqroq ishlashimiz kerak bo‘ladi.

- Demak kichik yig‘in tashkillashtiriladi?

- Ha, mini-yig‘in desak ham bo‘ladi. Bizni ikkita o‘rtoqlik o‘yini kutib turibdi. Bu o‘yinlarda ham jamoaviylikni oshirishimiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi davra uchun qanday jismoniy yuklama berishni ham bilib bo‘lmaydi. Deyarli bir oy mashg‘ulot olib boramiz. O‘yinlarga borganda nimadirlar yetishmay qolishi ham mumkin. Shu boisdan o‘yinni tushunish va jismoniy yuklama bo‘yicha ishlar olib boramiz.

- Jamoani tonusda ushlab turish qiyin bo‘ladimi?

- Tonusda ushlab turish kerak. Buni o‘yinlar orqali amalga oshiramiz. Biroq bu qanday o‘yin uslubi bilan o‘ynashga va raqibning o‘yiniga ham bog‘liq. Raqiblar har xil o‘ynaydi, shu sababli talablar ham boshqacha bo‘ladi. Raqiblarni qanchalik yaxshi bilib olsak, ularga qarshi o‘ynash osonroq bo‘lishi mumkin" - dedi Yelichich.

Kiritildi: 23:18, 23.08.2025. O'qildi: 1071 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.