Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OKMK futbol akademiyasi uchun yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Olmaliq
Rukn: Yangiliklar
A A A

So‘nggi yillarda «Olmaliq KMK» AJ bolalar futboliga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Shu doirada OKMK professional futbol jamoasi qoshida futbol akademiyasi tashkil etilib, yosh sportchilar uchun zamonaviy maydonlar va sharoitlar yaratildi. Endilikda tarbiyalanuvchilar nafaqat ta’lim olish, balki futbol sirlarini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bugun «Olmaliq KMK AJ» homiyligida barpo etilgan akademiya binosi rasman foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida OKMK professional futbol klubi prezidenti Abdullo Xursanov, bosh direktor Bahodir Mirzayev, klub bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Odil Ahmedov, texnik direktor Ji Kiala, O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev, Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi A.Momunov nomidagi futbol akademiyasi direktori Timur Abdullayev, Toshkent viloyati futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Asqar Jadigerov, O‘FA mas’ullari Rahmiddin Zikriyayev, Ma’mur Saidqosimov, Baxtiyor Shirinov va Bahrom Umarov, «Bunyodkor» akademiyasi direktori Shavkat Saidov, taniqli futbol sharhlovchilari Mirzahaqim To‘xtamirzayev va Xayrulla Hamidov, OKMK sobiq futbolchisi Sanjar Tursunov, Toshkent viloyati futbol mehnat faxriylari, murabbiylar, yosh futbolchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘z olgan mas’ullar Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning futbol sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori natijasida yosh sportchilarning imkoniyatlari kengayib borayotgani, akademiya binosining esa bu jarayonga muhim hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, Olmaliqda ham kombinat tomonidan futbol rivojiga berilayotgan e’tibor yuqori baholandi.

Pudrat tashkiloti tomonidan OKMK homiyligida 2025-yil yanvar oyidan boshlab 8 oy davomida sobiq «Bahor» mehmonxonasi kapital rekonstruksiya qilinib, puxta, zamonaviy va qulay binog‘a aylantirildi. Akademiya binosi 210 o‘rinli bo‘lib, unda yotoqxona, oshxona, trenajyor zali, kir yuvish va tibbiyot xonalari eng so‘nggi standartlarga mos tarzda tashkil etildi.

Zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bino da 7 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar nafaqat qulay yashash va dam olish imkoniyatiga ega, balki o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu maqsadda bino da 3 ta zamonaviy o‘quv xonalari tashkil etilib, yosh sportchilar ingliz tilini o‘rganishadi, nazariy bilimlarini oshirishadi hamda o‘yinlarning video-tahlili orqali taktika va strategiyalarni egallashadi. Har bir xona futbol hayotining turli jihatlarini aks ettiruvchi suratlar bilan bezatilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni ruhlantiradi.

Akademiyada 30 nafar tajribali murabbiylar zamonaviy metodologiyalarni qo‘llagan holda futbol sirlarini yoshlarga o‘rgatishadi. E’tiborlisi, OKMK futbol akademiyasi mamlakatimizdagi yotoqxonali to‘rtinchi akademiyaga aylandi. Ma’lumot o‘rnida, «Nasaf», «Mash’al» va «Bunyodkor» akademiyalarida ham yotoqxonalar mavjud.

Bugungi kunda akademiyada yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanishi va futbol sirlarini o‘rganishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish dasturi rahbari Denis Xomutov boshchiligida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, joriy yilning iyul oyida akademiyaning 9 va 12 yoshli bolalar jamoasi qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi, U-10 yosh toifasidagi jamoamiz esa uchinchi o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, akademiyaning U-13 va U-14 yoshli o‘smirlari Qozog‘istondagi xalqaro musobaqada o‘z kuchlarini namoyish etib, tengsiz ekanliklarini isbotlashdi. Shuningdek, avgust oyi boshida shahrimizda o‘tkazilgan «OKMK kubogi» xalqaro turnirda esa U-13 tarbiyalanuvchilarimiz chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

So‘nggi so‘z o‘rnida aytish mumkinki, yangi binoning ochilishi nafaqat akademiya tarbiyalanuvchilari uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratdi, balki Olmaliq futboli ning kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. Endilikda yosh futbolchilar nafaqat bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishlari, balki xalqaro maydonlarda o‘zini sinab, yuksak natijalarga erishish imkoniga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, akademiya binosi ularni professional sportga tayyorlash, liderlik qobiliyati va jamoaviy ruhni shakllantirishga xizmat qiladi. Kelajakda esa Olmaliqdan yetishib chiqqan yosh futbolchilar nafaqat mamlakatimizni, balki jahon futbol maydonlarini zabt etishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 17:17, 27.08.2025. O'qildi: 775 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик