Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliyev JCH-2026 saralash bosqichida Belgiyadan yirik hisobdagi mag‘lubiyat (0:6)dan so‘ng iste’foga chiqdi.
— Yuzaga kelgan vaziyat... Mag‘lubiyat — bu mening aybim. Uni to‘liq o‘z zimmamga olaman. Ariza yozib, iste’foga chiqaman, Qozog‘istonga qaytib borishimiz bilan prezidentga o‘z qarorimni ma’lum qilaman, — dedi Aliyev o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichidagi beshta o‘yindan so‘ng atigi uch ochko to‘play oldi. Ali Aliyev boshchiligidagi jamoa Belgiyadan tashqari Uelsga (1:3, 0:1) va Shimoliy Makedoniyaga (0:1) ham mag‘lub bo‘ldi. Yagona g‘alabani esa guruhdagi eng autsayder hisoblangan Lixtenshteynga qarshi bahsda (2:0) qo‘lga kiritdi.