Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges futbolchining qizi otasi uchun yozib qoldirgan audioni oshkor qildi. Yozuv JCH-2026 saralashining Armanistonga qarshi birinchi tur o‘yinidan oldin tayyorlangan. Roberto Martines shogirdlari raqibni 5:0 hisobida mag‘lub etdi, 40 yoshli forvard esa dubl qayd etdi.
«Agar sen ketib qolsang, men seni sog‘inaman. Men seni sevaman», — deyiladi yozuvda. Bu audioni As nashri e’lon qildi.
Ovozga qaraganda, yozuv Ronalduning eng kichik qizi — Bella Emeralda tomonidan yuborilgan. U aprel oyida 3 yoshga to‘ldi. Shuningdek, Krishtianu va Jorjinada 7 yoshli qizi Alana Martina ham bor. Forvardning surrogat onadan tug‘ilgan 8 yoshli qizi Yeva ham mavjud.