Xabaringiz bor, 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada ikkita terma jamoa bilan ishtirok etgan vakillarimiz, 6 ta oltin, 2 kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqdilar. Umumjamoa hisobida ushbu natija bilan ikkinchi bo‘ldik. Erkaklar hisobida esa, 6 ta oltin olgan jamoamiz tengsiz bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-60 kg. Abdumalik Xalokov
-65 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-85 kg. Akmaljon Isroilov
-90 kg. To‘rabek Habibullayev
Kumush medal:
-65 kg. Navbahor Hamidova 
+90 kg. Jahongir Zokirov 
Bronza medal:
-48 kg. Sabina Boboqulova
-51 kg. Feruza Kazakova
-70 kg. Aziza Zokirova
Bosh murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Elshod Rasulov.
Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners Tissert, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostanov, Lazizbek Zokirov, Botirjon Mahmudov, Sherzod Ahmadjonov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tojibayev, Shahzoda Umarova.
Jamoa rahbari: Shohid Tillaboyev
Jamoa Matbuot kotibi: Jaloliddin Yusupov.
Shifokor: Komiljon Rasulov
Musobaqada Bekjon Yusupov hakam sifatida faoliyat olib bordi.
