Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 15.09.2025 00:00
      • Barselona
      • 6:0
      • Valensiya
      • 16.09.2025 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Malyorka
  • Elit OCHL
      • 15.09.2025 18:45
      • Sharja
      • 4:3
      • Al-G‘arafa
      • 15.09.2025 21:00
      • Al-Vahda
      • 2:1
      • Al-Ittihod
      • 15.09.2025 23:15
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:2
      • Nasaf
      • 15.09.2025 23:15
      • Ash-Shorta
      • 1:1
      • As-Sadd
      • 16.09.2025 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • -:-
      • Traktor
      • 16.09.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • -:-
      • Duhayl
  • «A» Seriya
      • 15.09.2025 21:30
      • Verona
      • 0:0
      • Cremonese
      • 15.09.2025 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Jenoa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 4 12
2 Barselona 4 10
3 Espanyol 4 10
4 Atletik Bilbao 4 9
5 Xetafe 4 9
6 Vilyarreal 4 7
7 Alaves 4 7
8 Elche 4 6
9 Osasuna 4 6
10 Betis 5 6
11 Atletiko 4 5
12 Sevilya 4 4
13 Rayo Valyekano 4 4
14 Selta 5 4
15 Valensiya 4 4
16 Real Ovyedo 4 3
17 Real Sosyedad 4 2
18 Levante 4 1
19 Malyorka 4 1
20 Jirona 4 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Selta 1-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

16/09/25 Espanyol - Malyorka

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4337 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1843 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.09.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Истанбул Башакшехир".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Коринтианс".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      18:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Истанбул Башакшехир".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      01:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      04:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      04:50 Чемпионат Турции. Обзор тура.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.09.2025

      06:45 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 4 с.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:30 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Спринт.
      10:30 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Спринт.
      11:45 "Парусный спорт".
      12:10 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре.
      14:30 "Культовые".
      15:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      15:30 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:25 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 4 с.
      19:10 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Индонезии, 1 ч. Ski Division.
      19:40 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      21:50 "Тайны звёзд спорта".
      22:20 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Спринт.
      23:20 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Спринт.
      00:35 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 4. Вечерняя сессия.
      03:50 "Культовые".
      04:20 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.09.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 3.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Профессиональный бокс. Денис Лебедев против Джеймса Тони.
      13:35 Специальный репортаж.
      13:55 Новости.
      14:00 Есть тема! Прямой эфир.
      15:30 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Оренбург" - "Рубин" (Казань). Прямая трансляция.
      20:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Акрон" (Тольятти) - "Локомотив" (Москва). Прямая трансляция.
      22:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Пари Нижний Новгород" - "Динамо" (Махачкала). Прямая трансляция.
      00:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Смешанные единоборства. UFC 315 в Монреале, Канада. Белал Мухаммад против Джека Делла Маддалены.
      03:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 4. Вечерняя сессия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.09.2025

      06:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      07:30 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1.
      11:30 Велоспорт. Гран-при Квебека в Канаде.
      12:30 Велоспорт. Гран-при Монреаля в Канаде.
      13:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1.
      15:30 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 4. Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 4.
      22:30 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 11 эп.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 4. Обзор.
      04:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xesus Valyexo: "Har bir unvon ortida juda katta mehnat yotibdi"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ispaniyalik markaziy himoyachi Xesus Valyexoning «Real Madrid»dagi faoliyati u qadar yorqin kechmagani hammaga ma’lum. Biroq u «qirollik klubi»dagi 5 yillik faoliyati davomida naq 15ta sovrin egasiga aylanganini hech kim inkor eta olmaydi. Ammo 28 yoshli futbolchining bugungi kunda o‘zining nomi va darajasiga to‘g‘ri kelmaydigan «Albasete» (Segunda) sharafini himoya qilayotgani umuman boshqa hikoya. Xo‘sh, Xesusni bunday noodatiy qarorga kelishiga nima majbur qildi? Bu yerda qanday g‘ayrioddiy sir bor? Bu haqda futbolchining o‘zi Marsa nashri ijodkorlari bilan kechgan suhbatda batafsil gapirib berdi.

- «Real»dan ketib «Albasete» taklifini qabul qilganligingizni qanday izohlaysiz? Bundan ko‘zlangan maqsad nima edi?

- Asosiy maqsad - kasbimdan, musobaqalardan va o‘yindan zavqlanishda davom etish. «Albasete» yaxshi jamoa. Bu yerda barchamiz yuqori marralar sari intilib, oldinga qadam tashlamoqchimiz. Hozircha hammasi joyida mavsum davomida ko‘zlangan rejalarni qanchalik amalga oshira olamiz yoki yo‘q, vaqt ko‘rsatadi.

- «Madrid»dagi faoliyatingizdan qanday xulosalar chiqardingiz?

- Uzoq vaqt bir joyda turib qolish va yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmaslik futbolchini maydon shukuhi, o‘yinga bo‘lgan yondashuvi va umuman sportchiga xos bo‘lgan ishtiyoqdan uzoqlashtirib qo‘yarkan. Shu sababli «Madrid»dagi oxirgi mavsumlarda haqiqiy futbol hayotini unchalik his qilmay qo‘ydim. Aslida jamoaning bir qismi bo‘lib qolish, bu katta loyihaning muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘shayotganimni his qilish uchun astoydil intildim. Lekin hamma narsa men o‘ylagandek bo‘lavermadi. Ba’zi vaziyatlarda juda muhim daqiqalarni boy berdim. Xullas, Madriddagi hikoyamda stabillik va yorqinlik yetishmadi.

- Ko‘pchilik «Alba»dagi faoliyatingizni orqaga tashlangan qadam sifatida baholamoqda. Bu haqda o‘zingiz qanday fikdasiz?

- Bir tomondan olib qaraganda ular haq, buni juda yaxshi tushunaman. Lekin aslida jamoalar boshqa omillarga qarab ham tanlanadi. Masalan: sport, iqtisodiyot, hayot sifati va hokazo... Men bu komponentlarning barchasini jamladim hamda o‘zimni eng ilhomlantirgan variant sifatida «Albacete»ni tanladim.

- Endi qayerda to‘p surishingizdan qatiy nazar sizga nisbatan «sobiq madridist» so‘zi ishlatilaveradi. Aytingchi maydonda ham o‘zingizni sobiq «Realchi» sifatida his qilyapsizmi?

- Ha, tan olaman jamoa safiga qo‘shilgan dastlabki haftalarda barcha mendan g‘ayrioddiy nimadir kutayotganini payqagandim. Lekin hozir shu jamoa futbolchilaridan biri sifatida qabul qilganliklarini his qilyapman. Bizning barcha qarashlarimiz va fazilatlarimiz bir-biriga hamohangdek go‘yo.

- Aslini olganda Madridda bemalol, emin-erkin yashayotgandingiz. Maoshingiz ham yaxshi edi...

- «Qirollik klubi» safida o‘ynab ketish oson bo‘lmasligini avval boshdanoq bilgandim, Chunki bu «Real Madrid»! Lekin har doim maydonda qolish, uslubiylik, intizomli bo‘lish, muhitga ko‘nikish, imkon qadar ko‘proq kuch sarflash orqali o‘z o‘rnimni topa olishimga umid qilganman. Ammo jarohatlar yoki boshqa sabablarga ko‘ra, ko‘p narsa o‘xshamadi. O‘ylaymanki, har kungi g‘alaba qozonish istagi bo‘lmaganida, bunday katta klubda uzoq vaqt qolib ketmasdim. Bir so‘z bilan aytganda, «Madrid»da futbol hayotidan hech qachon tanaffus qilmaganman. «Albacete»ga ham xuddi shunday ishtiyoq va katta g‘alabalarga chanqoqolik kayfiyatida keldim. Agar maqsadim shunchaki, vaqt o‘tkazish bo‘lganida boshqa jamoani tanlagan bo‘lardim.

- «Madridda» o‘yin amaliyotisiz, har kuni mashg‘ulotlarga kelib ketish uchun motivasiyani qayerdan olardingiz?

- Bilasizmi... «Real»da asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanish juda qiyin bo‘lsada, imkonsiz masala emasdi. Murabbiy qachon meni maydonga tushirishga qaror qilgan bo‘lsa, o‘sha paytda o‘zimning eng yaxshi sport formamda bo‘lishim kerak edi. Tanlov qabul qilinayotganda qandaydir kamchilik tufayli e’tibordan chetda qolib ketishga yo‘l qo‘ya olmasdim. Qisqasi, har qanday imkoniyatdan samarali foydalanish uchun o‘zimni klubga maksimal darajada bag‘ishlashim kerak edi va buni uddalay olganimdan faxrlanaman.

- O‘sha paytdagi bosh murabbiy Karlo Anchelottiga qandaydir e’tiroz yoki shikoyatlaringiz bordir?

- Yo‘q umuman bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Chunki «Real Madrid» murabbiyi bo‘lish har qanday mutaxassisda juda katta bosim va ma’suliyat keltirib chiqaradi. Buni Don Karlo «Real»dagi dastlabki matbuot anjumanida aytib o‘tgandi ham. Uning maqsadi - futbolchilarga o‘yin amaliyoti berish emas, balki katta g‘alabalarga erishish edi. Men buni to‘g‘ri tushunganman va tabiiy qabul qilganman.

- Shaxs sifatida ko‘proq kimlar bilan munosabatingiz yaxshi edi?

- Karvaxal, Nacho va Lukas Vaskes bilan ko‘p vaqt o‘tkazardim va ular menga qo‘ldan kelgancha yordam berishardi. O‘z navbatida bu yigitlar ham o‘yin amaliyoti kamligi va turli jarohatlardan aziyat chekishdi... Ayniqsa, Dani og‘ir jarohatiga qaramay, maydon tashqarisida barchaga o‘rnak bo‘la oldi. Unda futbolchilarni bir maqsad yo‘lida birlashtira oladigan ajoyib fazilatlar mujassam. Biz hozir ham tez-tez gaplashib turamiz.

- Florentino Peres bilan munosabatlaringiz qanday edi?

- Peres ko‘pincha o‘yinlardan so‘ng kiyinish xonasiga tushib, harakatlarimiz uchun minnatdorchilik bildirardi. Boshqa vaziyatlarda esa u qadar ko‘p ko‘rishmaganmiz. Aslida bu tushunari, axir u prezident. Florentino atrofdagilarga mehribon, muloyim lekin, o‘z imijini saqlab qolish maqsadida juda ehtiyotkor munosabatda bo‘lardi.

- Sovrinlar javoningizda liga chempionligi, ikkita YECHL g‘olibligi va boshqa ko‘plab unvonlar mavjud. Katta futbol maydonida juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganingizga qaramay, o‘sha sovrinlarni o‘zimniki deb ayta olasizmi?

- Ha bemalol. Chunki «Real» safida qo‘lga kiritgan har bir sovrinimga ko‘zim tushganida, jamoadoshlarim bilan bir xil saviyada bo‘lish uchun qanchalik qattiq ter to‘kkanligim xayolimga keladi. Mashg‘ulotlarda esa Rodrigo, Vinisius, Benzema yoki Mbappe bilan to‘qnash kelish uchun siz eng zo‘ri bo‘lishingiz kerak. Bu sovrinlar faqat mashg‘ulotlarga kelish, shug‘ullanish va keyin borib dam olish ortidan kelmagan. Aslida uning negizida juda katta mehnat va mashaqqat bor edi.

- «Real» mashg‘ulotlarida sizni kim ko‘proq hayratda qoldirardi?

- Rodrigo. Chunki u kichik maydonda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda o‘zining nimalarga qodirligini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq isbotlaydi. U bunday hududlarda juda xavfli o‘yinchi.

- Vinisius va Mbappe haqida nima deya olasiz?

- Vini juda tasirchan o‘yinchi, u doimo raqiblarga qiyinchilik tug‘dirish orqali adrenalinga ega bo‘ladi. Mbappega kelsak, uning endigina jamoa safiga kelib qo‘shilganida ispanchani qanchalik mukammal bilishini ko‘rib hayratda qolgandik. Qolaversa, Kilian maydonda aql bovar qilmaydigan darajada tezkor.

- Ijtimoiy tarmoqlarda memlar va tanqidlar qurboniga aylandingiz. Bu sizga qay darajada ta’sir qildi?

- Ochig‘i, ijtimoiy tarmoqlardan faqat xabarlarimni joylashtirish uchun foydalanaman, boshqa hech narsa emas. Ba’zan muxlislarga ma’lumot berib, kundalik hayotimiz haqida gapirib berishni yoqtiraman. Lekin izohlarni o‘qishga ko‘p vaqt sarflamayman. Bu yaxshi narsaga olib keladi deb o‘ylamayman.

- Qachondir «Santyago Bernabeu»ga qaytib, muxlislar bilan xayrlashishni xohlaysizmi?

- Ko‘ramiz... Menimcha, «Bernabeuda» o‘z nomini klub tarixiga yozdirib qo‘ya olgan futbolchilargina xayrlashuv uchrashuvlarni o‘tkazishadi. Men o‘zimni bu jihatdan muhim futbolchi bo‘lganman deb hisoblamayman. Lekin umid qilamanki, bir kun kelib «Albacete» bilan La Ligaga yo‘llanma olamiz va qadrdon o‘yingohimda mehmon jamoa futbolchisi sifatida bo‘lsa ham to‘p suraman.

Manba: marca.com, Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:59, 15.09.2025. O'qildi: 211 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 4
2 Вильярреал Tadjon Byukenen 3
3 Барселона Rafinya 3
4 Хетафе Adrian Liso 3
5 Эльче Rafa Mir 3
6 Эспаньол Pere Milya 3
7 Вильярреал Nikolya Pepe 2
8 Леванте Ivan Romero 2
9 Леванте Karl Etta-Eyong 2
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.