Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nodir Eliboyev: «Bo‘ston bir kunda qurilmaydi»

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Osiyo kubogi — 2026 saralash musobaqasi «F» guruhi bahslari yakuniga yetgach, O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev O‘FF matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Qirg‘izistonga qarshi kechgan uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
 
— Achinarlisi, kutilgan natijaga erisha olmadik. Bugungi o‘yinda asosiy darvozabonimiz Abbos O‘lmasbekov avvalgi uchrashuvlarda olgan jarohati qaytalab qoldi va uni zaxiradagi darvozabonga almashtirishga majbur bo‘ldik. Bejizga «darvozabon — yarim jamoa» deb aytilmaydi. Uning o‘rnini egallagan Shavkat Ibrohimov uchun bu ilk rasmiy o‘yin bo‘ldi va debyutga yarasha yaxshi harakat qildi. Undan noroziman deyish noto‘g‘ri bo‘lardi.

Qirg‘iziston milliy jamoasining kuchli raqobat ko‘rsatishini kutgandik. Chunki o‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar tashlasak, ular bizga qarshi 15 marta maydonga tushib, faqat bir bor g‘alaba qozongan. Bu safar esa o‘z maydonlarida eng kuchli tarkibini to‘plab tusha oldilar. Biz esa ayrim ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli, optimal tarkib bilan ishtirok etish imkoniga ega bo‘lmadik.

— Darvozabon bilan bog‘liq muammolardan tashqari, mag‘lubiyatga boshqa sabablar ham bormi?

— Albatta. Faqatgina darvozabon masalasi bilan cheklanib bo‘lmaydi. Hozirgi tarkibimiz avvalgisidan ancha farq qiladi. Biz jamoani yoshartirish yo‘lini tanladik. Bu — faqat Osiyo chempionati emas, balki keyingi 10-yildagi istiqbol, xususan Jahon chempionatlariga tayyorgarlikni ko‘zda tutgan strategik qaror hisoblanadi.

«O‘tish davri»da ma’lum qiyinchiliklar, natijalarda uzilishlar bo‘lishi tabiiy. Eng muhimi — xulosa chiqarish, yo‘nalishdan chekinmasdan, bundan keyingi ishlarni to‘g‘ri tashkil etish.

— Bunday vaziyat faqat O‘zbekiston milliy jamoasiga xosmi yoki boshqa jamoalarda ham kuzatiladimi?

— Bu nafaqat futzal, balki barcha jamoaviy sport turlari uchun tabiiy jarayon. Masalan, Qirg‘iziston milliy jamoasi 2022 yilgi Osiyo chempionati saralashidan o‘ta olmagan. Ya’ni, bugungi muvaffaqiyat — uzoq muddatli islohotlar natijasi. Hatto iqtisodiy jihatdan barqaror bo‘lgan Xitoy ham bu yil saralash bosqichidan o‘ta olmadi. Demak, bu uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, ko‘plab omillarga bog‘liq.

— Muxlislar tajribali o‘yinchilar, jumladan, Dilshod Rahmatov, Ixtiyor Ropiyev va Anasxon Rahmatovlar nega jamoaga jalb etilmaganini so‘rashmoqda. Bu haqda qanday javob berasiz?

— Muxlislarimizning fikrlarini e’tibor bilan kuzatib boramiz. Dilshod Rahmatov faoliyatini yakunlab, hozirda BMB futzal klubida bosh murabbiy sifatida ishlayapti. Ixtiyor Ropiyev va Anasxon Rahmatov esa yangi mavsum arafasida ma’lum vaqt o‘yin amaliyotisiz qolishdi.

Biz ularning tajribasi, mahoratiga shubha qilmaymiz va zarur paytda milliy jamoaga jalb qilishimiz mumkin. Lekin bugungi kunning haqiqati — yoshlarga imkoniyat berish, munosib o‘rinbosarlar tayyorlash. Buni biz ustuvor vazifa deb hisoblaganmiz.

— Asosiy darvozabon Abbos Elmurodov nima sababdan saralash bahslarida ishtirok etmadi? Shuningdek, Sunnat Jo‘rayev va Davron Choriyevlar haqida ham ma’lumot bersangiz.

— Abbos Elmurodov yozgi yig‘inda jarohat olgan va hozirda shifokorlar nazoratida muolaja olyapti. Yaqin vaqt ichida safga qaytishi kutilyapti. Davron Choriyev ham jiddiy jarohatdan so‘ng individual mashg‘ulotlarni boshladi va uning tez orada jamoamizga yordam berishiga umid qilamiz. Sunnat Jo‘rayev esa hozircha to‘liq tiklanmagan. Uning tiklanish jarayoni biroz cho‘zilyapti.

Shuningdek, muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan aka-uka Solihovlar ham murabbiylar shtabi diqqat markazida turibdi. Ularning holati va formada ekanligi doimiy baholab boriladi.

— Muxlislar hujum chizig‘ida samaradorlik yetishmayotganini ta’kidlashmoqda. Bu borada nima deysiz?

— Bu tanqidni to‘liq qabul qilamiz. Haqiqatan ham ayrim holatlarda gol urish imkoniyatlari bo‘ldi, ammo ulardan foydalanilmadi. Bu masalaga jamoa shtabi alohida e’tibor qaratadi.

Hujumchilarning texnik mahoratini oshirish, qaror qabul qilish tezligi va aniqligini kuchaytirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar rejalashtirilgan. Ishonamanki, keyingi uchrashuvlarda bu kamchiliklar bartaraf etiladi va muxlislarimiz hujumchilarning samarali o‘yiniga guvoh bo‘ladilar.

— Qirg‘izistonga qarshi o‘yindagi natija Osiyo chempionatidagi imkoniyatlarimizga qanday ta’sir qiladi?

— Bugungi natija, albatta, bizni qoniqtirmadi. Muxlislarimizning xavotirlarini to‘liq tushunamiz va jonkuyarliklarini qadrlaymiz. Biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu natija milliy jamoamizning Osiyo chempionatida ishtirok etish imkoniyatlariga ta’sir qilmaydi.

Biz final bosqichgacha bir qator kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Bu uchrashuvlar orqali jamoa o‘yinini mustahkamlash, aniqlashtirish va kuchaytirishni maqsad qilganmiz. Imkoniyatlarimiz bor va natijaga yetish uchun ishonamanki, yetarli salohiyatga egamiz.

— Suhbat uchun katta rahmat, Nodir aka.

— Sizga ham qiziqarli savollar uchun tashakkur. Muxlislarimizdan sabr va ishonch so‘rayman. Donishmand xalqimiz aytganidek, «bo‘ston bir kunda qurilmaydi». Biz ham ana shu bog‘ni barpo qilish yo‘lida qattiq mehnat qilyapmiz. O‘zbekiston milliy jamoasi muxlislar oldidagi mas’uliyatni chuqur his etadi. Barcha muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlashda to‘xtamasliklarini so‘ragan holda, ularga o‘z chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 22:33, 25.09.2025. O'qildi: 800 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.