«Liverpul» Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachisi Deotshankyul Yupamekano holatini kuzatmoqda. Uning shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi. Mersisaydliklar 26 yoshli futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaning ma’lumoticha, «qizillar» hali ham markaziy himoyachi izlamoqda, chunki o‘tgan transfer oynasinida «Kristal Pelas» futbolchisi Mark Gehini sotib olishga muvaffaq bo‘lishmagan.
Ta’kidlanishicha, «Liverpul» transfer bozorida «baribir erta yoki kech» faollashishiga to‘g‘ri keladi. Chunki avvalroq himoyachi Jovanni Leoni tizza paychasi shikastini olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Joriy mavsumda Yupamekano barcha musobaqalarda 11ta o‘yinda maydonga tushdi va bir golli uzatma bilan ajralib turdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 50 mln yevroni tashkil etadi.