"Inter" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Slaviya"ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi - 3:0.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Lautaro Martines hisobni ochdi. 34-daqiqada Denzel Dyumfris Markus Tyuramning uzatmasidan keyin hisobdagi farqni oshirgan bo‘lsa, 65-daqiqada Martines Alessandro Bastonining uzatmasidan keyin dubl qayd etdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
"Inter" 6 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida uchinchi o‘rinda bormoqda. "Slaviya" hisobida 1 ochko va 25-o‘rin bor.
Turnirdagi navbatdagi o‘yinni "Inter" 21 oktyabr kuni safarda "Yunion"ga qarshi o‘tkazsa, "Slaviya" 22 oktyabr kuni "Atalanta" mehmoni bo‘ladi.
Chempionlar Ligasi, 2-tur
30.09.2025, seshanba, 23:59
Inter - Slaviya - 3:0
Gollar: Martines, 30 (1:0). Dyumfris, 34 (2:0). Martines, 65 (3:0)
Inter: Zommer, Acherbi, Bastoni, Bissek (Akandji, 66), Zelinski (Barella, 66), Suchich, Xakan Chalxanoglu, Dimarko, Dyumfris (Darmian, 76), Tyuram (Bonni, 66), Martines (Espozito, 66)
Slaviya Pr: Stanek, Xaloupek, Zima, Xasioka (Xitil, 83), Vlchek, Zafeyris, Dorli, Sadilek (Xori, 46), Provod (Cham, 70), Dudera (Mbodji, 49), Kushey (Shrans, 46)
Ogohlantirishlar: Bissek, 48. Martines, 61 - Shrans, 56