Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi futbolchilarining qiymatini yangiladi. Unga ko‘ra, “Barselona” vingeri Lamin Yamal 200 million yevro bilan chempionatning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.
Ikkinchi o‘rinni “Real Madrid” futbolchilari — Jud Bellingem va jamoaning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. Ularning har biri 180 million yevroga baholangan.
Umuman olganda, La Liganing eng qimmat 10 ta futbolchisidan 5 nafari “Real Madrid”, 4 nafari “Barselona” va 1 nafari “Atletiko Madrid” klublariga tegishli.
Transfermarkt talqini bo‘yicha La Liganing eng qimmat 10 futbolchisi:
1. Lamin Yamal (“Barselona”) — 200 million yevro;
2. Jud Bellingem (“Real Madrid”) — 180 million yevro;
3. Kilian Mbappe (“Real Madrid”) — 180 million yevro;
4. Vinisius Junior (“Real Madrid”) — 150 million yevro;
5. Pedri (“Barselona”) — 140 million yevro;
6. Federiko Valverde (“Real Madrid”) — 130 million yevro;
7. Xulian Alvares (“Atletiko Madrid”) — 100 million yevro;
8. Rafinya (“Barselona”) — 90 million yevro;
9. Pau Kubarsi (“Barselona”) — 80 million yevro;
10. Rodrigo Goes (“Real Madrid”) — 80 million yevro.