Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kilian Mbappe: «Muvaffaqiyatsizlikni aslo qabul qilolmayman»

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

20 yildan ko‘proq vaqt davomida jahon futboli ixlosmandlarini qoq ikki tarafga ajratib qo‘ygan buyuk afsonalar - Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi asos solgan ulug‘ davr yakunlanayotgani kishini allanechuk his-tuyg‘ularga undasa, sahroda porlayotgan javohir kabi ko‘zga tashlanayotgan kelajak yulduzlari ko‘ngillarga beixtiyor taskin berishadi. Hozirgi yosh avlod uchun allaqachon chin kumirga aylangan shunday yorqin iste’dodlardan biri - bu Kilian Mbappe, shubhasiz. «Real» yetakchisi yaqinda Fransiyaning L’Equipe nashriga maxsus intervyu berdi. Fransiyalik goleador suhbat davomida jumladan, muvaffaqiyatsizlikni aslo qabul qilolmasligini ta’kidladi, sobiq klubi - «PSJ»ning CHLda zafar quchganiga munosabat bildirdi. Shuningdek, Kilianning onasi ham suhbatga qo‘shilib, o‘g‘li bosib o‘tgan yo‘lga doir ba’zi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Erkinlik va xatolardan chiqarilgan xulosa. «Futbol - xatolardan iborat o‘yin, unda hamma ham adashadi. Agar muvaffaqiyat istasangiz, e’tiborsizlik yoki mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymasligingiz lozim. Odatda yetuk futbolchilarni aynan vaziyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun qadr­lashadi. Shaxsan o‘zim ham maydonda hamisha chidamli bo‘lish va barchasini nazorat ostida ushlashni istayman. Shunda g‘alabalar o‘z-o‘zidan kelaveradi. Tabiatan muvaffaqiyatsizlikni hech qachon oddiy holatdek qabul qilolmayman. Shuning uchun bu boradagi tanqidlar meni aslo  tashvishga solmaydi. Aytishim kerak, o‘zimga nisbatan o‘ta talabchanman».

Pulning halokatli kuchi. «Pulingiz qancha ko‘paysa, shuncha ko‘p muammoga duch kelasiz. Oddiy aytganda, katta pul hayotingizni go‘zallashtirishi barobarida butunlay buzib yuborishi hech gap emas. Ba’zi odamlar mendagi tabiiy o‘zgarishlarni tushunishni istamaydilar. Ular shunchaki, bolalik qiyofasida qolishimni xohlashadi. Lekin afsuski, buning iloji yo‘q. Zero, endilikda zimmamda katta mas’uliyat, majburiyat va vazifa bor. Hattoki, ko‘pincha barchasi uchun yakka o‘zim hisob berishimga to‘g‘ri keladi».

«PSJ»ning CHLdagi g‘alabasiga munosabat. «Albatta, sobiq jamoamni ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklayman. Zero, Parijda ancha vaqt to‘p surdim, ko‘plab do‘stlarim hamon u yerdalar. O‘ylaymanki, meni yaqindan taniydiganlar chin do‘stlik va samimiy munosabatlarni naqadar qadrlashimni juda yaxshi bilishadi. Xullas, qadrdonlarim o‘ynayotgan jamoaga hech qachon befarq qaramayman. Hatto u «PSJ» bo‘lmasa ham. Shu o‘rinda aytishim kerak, Parijdagi hikoyam o‘tgan yili nihoyasiga yetdi va klubdan mutlaqo afsuslanishsiz ketdim. Yo‘l qo‘ygan ba’zi xatolarim ham bu jamoadagi hikoyamning bir qismidir. Qolaversa, «PSJ» bilan katta muvaffaqiyatga juda yaqin keldik: CHLda ikki marta yarim final va bir bora finalga chiqdik. Faqat to‘satdan «Real Madrid»dan bo‘lgan qo‘ng‘iroq barchasini birdan o‘zgartirib yubordi. Bu - bolalik orzularim ushalishining debochasi».

«PSJ» bilan yuz bergan moliyaviy mojaro. «Hammasi oddiy: biz mehnat qonunchiligiga binoan, o‘z haqqimizni talab qildik, lekin ko‘pchilik buni «PSJ»ga putur yetkazish harakatidek qabul qildi. Qaytaraman, shunchaki, shartnomada ko‘rsatilgan aniq bandlar bo‘yicha o‘z haqqimni undirishni o‘yladim, xolos. «PSJ»ga esa hech qanday adovatim yo‘q, klubni hamon yaxshi ko‘raman, axir ayt­ganimdek, uning tarkibida do‘st­larim o‘ynashadi. Ochig‘i, jamoadan ketayotganimdayoq yaqin kelajakda qandaydir kelishmovchilik kuzatilishi mumkinligini oldindan sezgandim. Afsus, amalda shu yoqimsiz ish sodir bo‘ldi...».

Futbol va shaxsiy hayot bo‘yicha qarashlar. «Tan olaman, futbol butun hayotim mazmuniga aylanib ulgurdi va faoliyatimdan maksimal darajada naf chiqarishni xohlayman. Ehtimol, futbolga nisbatan noto‘g‘ri yondashayotgandirman, balki haqdirman - buni bilmadim... Barchasini kelajak va vaqt ko‘rsatadi. Hammasi Xudodan, zero, har bir ish Yaratganning izmi bilan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, hayot g‘oyat go‘zal va undan zavqlanib yashashni ham bilish kerak. Yaqinlarimga ko‘p bora ta’kidlayman: tribunalarda o‘tirgan odamlar bizga nisbatan omadliroqlar. Chunki ular shunchaki, tomoshadan zavq olishadi va sahna ortida nimalar ro‘y berayotganini bilishmaydi. Rostini aytaman, agar menda futbolga ishtiyoq bu qadar kuchli shakllanmaganida, bundan xursand bo‘lardim hatto. Ehtimol, kelajakda farzand­-larimga hech qachon bu sport turi bilan professional tarzda shug‘ullanishni maslahat bermasman... Umid qilamanki, vaqti kelib, millionlar o‘yiniga befarq qaraydigan o‘g‘lim ham bo‘ladi».

Odamlarga ishonishning nozik tomoni. «Futbolchi aslida hech qanday tahlikaga tushmasligi kerak, lekin qo‘rquvni biroz his qilmaslikning hech iloji yo‘q. Masalan, atrofingizda kimdir parvona bo‘la boshlasa, beixtiyor o‘ylaysiz: «Bu odam nega menga yopishib oldi? O‘zi xohishi nima? Asl maqsadi qanday, ko‘zlayotgan narsasi-chi?» Xullas, «Nima uchun?»lar juda ko‘p. Shaxsiy fikrimcha, ehtiyotkorlik va tahlika o‘rtasida chegarani ushlash muhim, baribir».

Agar Kilian Mbappening bolaligi, hayot yo‘li va kimlarning qo‘lida tarbiyalangani haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini topsangiz, u nechog‘lik murakkab sinovlarni yengib o‘tganini anglaysiz. Hatto qahramonimizni dunyoga keltirgan Fayza Lamari xonim ham shunday mashhur futbolchining onasi bo‘lishdek buyuk baxtni to‘liq his etolmasligini ko‘p bora ochiqchasiga tan olgan.

«Madrid» tomon yurish mohiyati. «O‘g‘lim Parijdan ketayotganida, uni «PSJ» CHLda g‘alaba qozonishga «Real»dan ko‘ra yaqinroq ekanligi haqida ogohlantirishgan. Kilian esa bunga yosh bolalardek javob bergan: «Ha, bilaman, lekin buning ahamiyati yo‘q, endi barchasini noldan boshlamoqchiman». O‘z o‘rnida, men ham o‘g‘limga to‘sqinlik qilmadim. Chunki unga nima kerakligini juda yaxshi bilaman, 4 yoshidan buyon intiqib kutgan orzulariga yetishishiga qarshi chiqolmasdim. Aslida o‘shandayoq vaqti kelib, Kilian faqat men emas, boshqalarga ham tegishli bo‘lishini tushunib yetgandim. O‘zim ixtiyoriy ravishda aynan shuni xohladim. Bir so‘z bilan aytganda, Kiliansiz o‘tadigan kunlarga ruhan tayyor edim. Kilian 14 yoshida mashg‘ulotlardan xursand holda qaytib aytgan so‘zlari hamon yodimda: «Onajon, Zidan kurt­kamga tegdi, endi bu libosni hech qachon yuvmang». Aslida Fransiya futboli afsonasiga nisbatan hurmati 4 yoshidayoq nish urgandi. Keyinchalik Krishtianu Ronaldu porlab chiqdi. U avvaliga «MYU», ke­yin «Real»dagi o‘yinlari orqali o‘g‘limning hayotiga kirib keldi. Kilian aynan Krish tufayli o‘zini portugaliyalik, deb hisoblardi. Deylik, Ronalduning o‘yinini ko‘rish uchun tez-tez do‘stining uyiga borardi».

Kilianning qarorlaridagi roli. «O‘g‘lim 15 yoshga to‘lgan vaqtdayoq uning hayotdagi maqsadi, qayerga borishni orzu qilishini juda yaxshi tushunganmiz. Shuning uchun «Real Madrid» foydasiga qaror chiqarganida, uni yaxshi niyatlar bilan kuzatib qo‘ydik. Shu o‘rinda bir sirni ochaman: o‘g‘lim 2022 yili «PSJ» bilan shartnomasi muddatini uzaytirganida, undan Parijda qolishini aynan biz so‘ragandik. Faqat shu holatdagina Kilianning qaroriga aralashganmiz. Boshqa paytlar o‘zi mustaqil fikr yuritishiga qo‘yib berganmiz. Tan olaman, hozir Kilian bilan uncha ko‘p ko‘rishmaymiz. Axir o‘g‘limning ish jadvali juda tig‘iz va unga «Kel, bir onangni ko‘rib ket», deyishim nojoiz. Otasi bilan ajrashib ketgan bo‘lsakda, faqat Rojdestvoni birga nishonlash uchun bir oila sifatida to‘planamiz. Yana yoz oylari 4-5 kun birga bo‘lishga harakat qilamiz».

O‘g‘lining takabbur bo‘lib qolishidan cho‘chish. «Tan olaman, Kilian chindan ham, takabburlikka berilgan paytlar yo‘q emas. Muhimi, biz aynan o‘g‘limni yerga qaytarish uchun bormiz. Masalan, bir yil oldingi voqeani eslaylik, o‘g‘limdan Fransiya terma jamoasidagi sust o‘yini haqida so‘rashganida, u qo‘pol ohangda javob berdi: «Odamlarning men haqimda nima deyishlari ham, qanday o‘ylashlari ham umuman qiziq emas». Ertalab uyg‘ongach, telefonimdagi salbiy reaksiyalarni ko‘rganimdan so‘ng o‘z-o‘zidan o‘g‘limga baqirdim: «Nega bunday deding?!» Lekin tushunaman, o‘g‘limning fikrini o‘zgartirishga urinishim noto‘g‘ri. Kilian hech qachon charchash, inson ekanligini ko‘rsatishga haqli emas. Chunki omma nazdida u barchasini hisob-kitob qilishga majbur».

Mbappening insoniylik fazilatlari. «Kilian kamerunlik bobo va buvisi oldida ulg‘aygan. Ular fransuz tilida juda yaxshi muloqot qilishadi. Umuman olganda, o‘g‘lim xola va tog‘alari nazoratida, ziyoli muhitda katta bo‘ldi. Deylik, singlim uning o‘qituvchisi edi. Shundan bo‘lsa kerak, Kilian 5 yoshidayoq Charlz Aznavur (asli arman bo‘lgan fransiyalik qo‘shiqchi, bastakor, shoir, yozuvchi va aktyor. Armaniston milliy qahramoni)ning repertuarini to‘liq yod olgandi».

X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:39, 08.10.2025. O'qildi: 1303 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.