Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 40 67 61 168
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1861 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Gleyson Bremer: "Yanada kuchliroq bo‘lib qaytishim kerak edi"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Intervyular
A A A

«Yuventus»ning braziliyalik himoyachisi Gleyson Bremer o‘tgan yil oktyabr oyida og‘ir jarohatga yo‘liqib to‘qqiz oyga safdan chiqqandi. Natijada, qariyib butun bir siklni maydon tashqarisida o‘tkazishga majbur bo‘lgan futbolchi joriy yilgi mavsum startida chiroyli qaytish qila oldi va yana o‘zining yuqori darajasini namoyish etishga kirishdi. Yaqinda u GLOBO nashriga bergan intervyusida jarohatga yo‘liqqan davrdagi vaqtini qanday o‘tkazgani va albatta, yangi mavsum rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu mening eng yaxshi mavsumim bo‘lishi mumkin edi»

— Xabaringiz bor, o‘tgan yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshlash asnosida «Yuve»ning 7ta o‘yinida maydonga tushgandim. Jamoa esa bu vaqt ichida atigi bittagina gol o‘tkazib yuborgandi. Ha, ehtimol bu mening eng yaxshi mavsumim bo‘lishi mumkin edi, lekin afsuski, Chempionlar ligasidek juda muhim o‘yinda faoliyatimdagi ilk jiddiy jarohatga yo‘liqdim. To‘g‘risi, buning nechog‘lik qo‘rqinchli ekanligini darhol anglagandim, zero maydonga yiqilgan zahotim tizzam yorilib, g‘alati ovoz chiqargandi. Buning oqibatida menga nafaqat xoch paylari yirtilishi, balki mushaklar shikastlanishi tashxisini ham qo‘yishdi. Eng yomoni esa shifokorlardan to‘qqiz oy maydonga tusha olmasligimni eshitish bo‘lgandi.

«Jarohat nafaqat futbolchini, balki insonni ham o‘zgartiradi»

— Agar to‘shakka mixlanib qolsangiz hammasi juda qiyinlashib ketarkan. Ayniqsa, odatiy hayot tarzidan uzilib qolish kishini nechog‘lik asabiylashtirib qo‘yishini o‘zimda his qilib ko‘rdim. Achinarlisi, dastlabki ikki oy davomida oyog‘imni yerga qo‘ya olmadim va uyni faqat qo‘ltiq tayoq bilan aylanardim. Muhimi o‘sha og‘ir kezlarda oilam hamda yaqinlarim yonimda bo‘lishdi va ularning yordamida barcha muammolarni yengib o‘tishga erishdim.

«Ikki barobar ko‘proq mashq qildim»

— Kimda-kim jarohat olgan futbolchi mashg‘ulot o‘tkazmaydi, deb o‘ylasa qattiq adashadi. Shaxsan men o‘ziga xos reja asosida ertalab klubda, tushdan keyin esa uyda shaxsiy murabbiy bilan astoydil ishladim. Ammo tan olaman bu davr mobaynida oilam uchun ko‘proq vaqt ajratdim va ba’zan dam olish kunlari sayohatga ham chiqdik. Shuningdek, uzoq vaqtdan beri rejalashtirgan kitobimni yozdim va... gitara chalishni o‘rgandim.

«Mutolaa va afsonalardan ilhom»

— Bo‘sh vaqtlarimda shuningdek, murabbiylikka ixtisoslashgan kitoblarni ko‘proq o‘qiy boshladim. Bundan tashqari Kobi Brayant va Maykl Jordanning hayot yo‘li va faoliyatiga doir ma’lumotlarni mutolaa qilishni yaxshi ko‘raman. Ular nafaqat sportda, balki hayotda ham har qanday inson uchun namuna. Shaxsiy kitobimni esa jarohatga yo‘liqishdan oldin yozib bo‘lgandim, faqat uni chiqarish uchun qulay vaqtni kutdim. Tyago Linyares bilan hamkorlikda yozilgan «Bom Dia, Campeao» («Xayrli tong, chempion») kitobim faoliyatimni haqida hikoya qiladigan o‘ziga xos kundalikdir.

«Men yana o‘zimni topdim»

— Bolaligimda otam har doim gitara chalishni o‘rganishga undardi. Men esa: «Yo‘q, hozir shunchaki futbol o‘ynashni xohlayman. Balki keyinroq» deb qo‘yardim. Buni qarangki, jarohat menga ushbu mashg‘ulot bilan shug‘ullanish imkonini berdi va nihoyat gitara chalishni o‘rgandim. Umuman olganda menga musiqa, ma’noli qo‘shiqlar, estrada, sokin ohang juda yoqadi... Jarohat olganimdan so‘ng ikki oy o‘tgach, asta-sekin yura boshladim va ona yurtim Itapitangaga bordim. Chunki qishloqda o‘sganim bois azaldan ochiq tabiatga yaqinroq, shovqin-suronsiz, bosimsiz hayotni yaxshi ko‘raman. Sababi u yerda oila bilan yolg‘iz, tinch va mazmunli hayot kechirish mumkin.

«Dunyoni o‘zim uchun qayta kashf qilmoqchi edim»

— Asta sekin oyoqqa tura boshlagach rafiqam va qizim bilan birga Misrga bordik. Bu ajoyib voqea edi: ikki-uch kun cho‘lda sayr qildik, tuyalarni ko‘rdik, xullas ko‘p narsa o‘rgandik. Odatda boshqa vaqt bunday sayohatlarga uncha vaqtimiz bo‘lmasdi. Umuman olganda men har doim o‘zim uchun dunyoni qayta kashf qilishni va yangi madaniyatlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni xohlardim. Shu bois kelgusida Amazonka va Afrika davlatlariga borib mahalliy aholining ijtimoiy hayot tarzi hamda madaniy merosini o‘rganish niyatim bor.

«Safga qaytish xuddi debyut kabi bo‘ldi»

— Jarohatimdan keyin birinchi marta maydonga tushganimda o‘zimni juda asabiy his qildim. Bu menga xuddi professional faoliyatimdagi birinchi o‘yinimdek tuyuldi. Ha, albatta aslida bu normal holat, lekin asosiysi o‘zimni qo‘lga olishni uddaladim. Tizzamga keladigan bo‘lsak, alohida reabilitasiya jarayoni hali tugamadi. Bu borada har kuni maxsus muolaja va mashg‘ulotlar olib boraman. Shuningdek, mushaklarning mustahkamligini saqlab turishim va jarohat qaytalamasligi uchun jismoniy tayyorgarlikka bir maromda e’tibor qaratishim kerak. Albatta, kundan kunga sog‘ayib kuchga to‘lib boryapman, lekin ehtiyotkorlikni unutmaslik lozim. Zero, har uch kunda maydonga tushgan futbolchi tanasida qandaydir zo‘riqish bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun o‘yindan keyingi tiklanish jarayoni har tomonlama mukammal bo‘lishi kerak.

«O‘zimni yetakchi kabi his qilaman»

— «Yuventus»dagi faoliyatimdan mamnunman va o‘zimni jamoa yetakchilaridan biriga aylanayotgandek his qilyapman. Qolaversa, uzoq tanaffusdan so‘ng Turinga o‘zimning yaxshi ko‘rgan ishim bilan shug‘ullanish uchun qaytib keldim. Quvonarlisi, klubdagilar meni iliq kutib olishdi. Muxlislar ham, rahbariyat ham doim yonimda bo‘lishdi. Biz bu og‘ir sinovni birgalikda yengib o‘tdik desam ham bo‘ladi. Ular meni har qadamda qo‘llab-quvvatlashdi. Aytish kerak, men yosh bo‘yicha ham, bu yerda o‘tkazgan vaqtim bo‘yicha ham «Yuve»dagi eng tajribali futbolchilardan biriman. Shunday ekan jamoa safidagi yosh futbolchilarga qo‘limdan kelganicha yordam berishni xohlayman. Umid qilamanki, biz birgalikda yana bir yirik sovrinni qo‘lga kiritamiz va klubni katta g‘alabalar sari yetaklaymiz.

«Kelasi yilgi jahon chempionatida o‘ynashni orzu qilaman»

— Albatta, JCH-2026 haqida o‘ylamaslikning mutlaqo iloji yo‘q. Lekin mundialda ishtirok etish uchun ham jismoniy, ham o‘yin amaliyoti bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishim kerakligini tushunaman, albatta. Menimcha, bu faqat vaqt masalasi. Agar o‘zimning avvalgi saviyamga qayta olsam yana terma jamoadan chaqiruv olish uchun katta imkoniyat borligiga aminman. Har holda shunga umid qilaman. To‘g‘risini aytganda bunday jarohatni boshdan kechirgandan keyin futbolchi ehtiyotkorroq va xavotirga beriluvchan bo‘lib qolarkan. Aytaylik bu kabi og‘ir xastalikdan so‘ng ba’zi o‘yinchilar avvalgi darajalariga qayta olishmaydi — va men bu nima uchun ekanligini yaxshi tushunaman. O‘ylashimcha, futbolchi shunday hollarda ruhiy salomatligi ustida ishlashi kerak, chunki ruhiyat hamma narsani boshqaradi.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:56, 12.10.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик