Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Franko Isroil: “O‘zbekistonga qarshi o‘yinda burchak zarbasi eng qiyini bo‘ldi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / O‘rtoqlik uchrashuvlari
Rukn: Intervyular
A A A

Urugvay milliy terma jamoasi darvozaboni Franko Isroil O‘zbekiston ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Darvozabonning so‘zlariga ko‘ra, o‘yindagi eng murakkab daqiqa — burchak zarbasi amalga oshirilgan lahza bo‘lgan.

“Men uchun eng og‘ir vaziyat — burchak zarbasi vaqtidagi holat edi. Shomurodovning ikkinchi bo‘limda boshi bilan yo‘llagan zarbasi ham xavfli bo‘ldi, ammo u ko‘proq instinkt va tezkor reaksiya asosida amalga oshdi. Burchak zarbasida esa hamma narsani hisobga olish kerak — to‘pning yo‘nalishi, orqada kim borligi, qaysi yo‘nalishda sakrash lozimligi. Bu holat murakkabroq bo‘ladi,” — dedi Franko Isroil.

Darvozabonning ta’kidlashicha, o‘yin asosan Urugvay nazorati ostida kechgan, faqat oxirgi daqiqalarda O‘zbekistonning javob goli vaziyatni biroz qiyinlashtirgan.

“O‘yin biz tomonda edi, ammo o‘tkazib yuborilgan gol sabab oxirgi daqiqalarda himoyada ancha ishlashga to‘g‘ri keldi. O‘sha vaziyatda ofsayd bor-yo‘qligini bilmayman, lekin futbolda bunday holatlar doim bo‘ladi,” — dedi u.

“Darvozabon uchun to‘p o‘tkazmaslik juda muhim. Ba’zan omad ham muhim rol o‘ynaydi. Eng muhimi, biz g‘alaba qozondik. Bu o‘yin biz uchun yaxshi tajriba bo‘ldi va jamoa birlashgan holda harakat qildi,” — deya qo‘shimcha qildi 25 yoshli futbolchi.

Franko Isroilning so‘zlariga ko‘ra, Urugvay termasi so‘nggi uchrashuvlarda o‘yin tizimini mustahkamlashni maqsad qilgan va jamoa jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 12:01, 15.10.2025. O'qildi: 1619 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик