"Manchester Yunayted" APL 8-turida "Liverpul" mehmoni bo‘ldi - 2:1.
Uchrashuvning 2-daqiqasida mankunianliklar forvardi Brayan Mbemo hisobni ochdi. Mezbonlar 78-daqiqada Kodi Gakponing goli evaziga javob qaytardi. "MYU"ga g‘alaba keltirgan to‘pni 84-daqiqada Xarri Maguayr kiritdi.
"Manchester Yunayted" (13) APLda to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Liverpul" (15) barcha turnirlarda ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi va Angliya chempionatida uchinchi o‘rinda qolmoqda.
Angliya Premyer-ligasi, 8-tur
19 oktyabr, yakshanba, 20:30
Liverpul - Manchester Yunayted - 1:2
Gollar: Mbemo, 2 (0:1). Gakpo, 78 (1:1). Maguayr, 84 (1:2)
Liverpul: Mamardashvili, Kerkez, van Deyk, Konate, Bredli (Virs, 62), Makallister (Ekitike, 62), Gravenberx (Djons, 62), Gakpo, Soboslai, Saloh (Frimpong, 85), Isak (Kyeza, 72)
Man. Yunayted: Lammens, Shou (Yoro, 85), Maguayr, de Ligt, Dalot, Brunu Fernandesh (Maynu, 85), Kazemiro (Ugarte, 58), Diallo (Dorgu, 59), Maunt (Sheshko, 61), Mbemo, Kunya
Ogohlantirishlar: Diallo, 52. Kazemiro, 57