Italiya A Seriyasining 7-turida "Milan" o‘z maydonida "Fiorentina"ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 55-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Robin Gozens hisobni ochdi. Rafael Leauning dubli mezbonlarga g‘alaba keltirdi. 63-daqiqada portugaliyalik hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 86-daqiqada penaltidan unumli foydalandi.
"Milan" (16) A Seriya turnir jadvalida "Inter" (15), "Napoli" (15) va "Roma" (15) klublarini ortda qoldirib, peshqadamga aylandi.
"Fiorentina" (3) Italiya chempionatidagi g‘alabasiz seriyasini 7 o‘yinga yetkazdi va turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.
A Seriya, 7-tur
19 oktyabr, yakshanba, 23:45
Milan - Fiorentina - 2:1
Gollar: Gozens, 55 (0:1). Leau, 63 (1:1). Leau, 86 - penaltidan (2:1)
Milan: Menyan, Gabbia, Pavlovich, Tomori, Richchi, Modrich, Fofana, Bartesagi, Atekame (Ximenes, 57), Salemakers (de Vinter, 90), Leau (Myul-Balentin, 90+3)
Fiorentina: de Xea, Mari, Ranyeri, Pongrachich, Mandragora (Djeko, 88), Nikolussi Kavilya (Zom, 87), Fadjoli, Gozens (Parizi, 69), Dodo, Kin (Pikkoli, 77), Fassini (Gudmundsson, 70)
Ogohlantirishlar: Atekame, 50. Fofana, 60. Tomori, 74 - Nikolussi Kavilya, 54. Parizi, 85. Ranyeri, 88