«Fiorentina» hujumchisi Edin Jeko Konferensiyalar ligasi tarixida gol urgan eng katta yoshdagi futbolchi bo‘ldi. U «Rapid» darvozasini musobaqaning umumiy bosqichi 2-turida ishg‘ol etdi.
Bosniyalik forvard tarixiy natijani 48-daqiqada qayd etdi. Mehmonlar mazkur uchrashuvni 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlashdi.
Konferensiyalar ligasi. Umumiy bosqich. 2-tur
23 oktyabr 2025 yil, payshanba
Rapid V (Vena, Avstriya) — Fiorentina (Florensiya, Italiya) — 0:3
Gollar: 0:1 — Ndur (9'), 0:2 — Jeko (48'), 0:3 — Gudmundsson (88')
Jeko «Fiorentina»ga o‘tgan yilning yozda qo‘shilgan. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Butun faoliyati davomida bosniyalik futbolchi «Manchester Siti», «Roma», «Inter», «Volfsburg» kabi jamoalar safida ham to‘p surgan. 39 yoshli hujumchining joriy shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.