"Bavariya" bosh murabbiyining myunxenliklar bilan tuzgan yangi shartnomasida bir qiziq jihat bor. Eslatib o‘tamiz, avvalroq belgiyalik mutaxassis klub bilan kelishuvni 2029 yilgacha uzaytirgandi. Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, shartnomada APL klublari uchun tovon puli va boshqa variantlar mavjud emas.
Belgiyalik murabbiy qo‘l ostidagi "Bavariya" 7 turdan so‘ng 21 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va 2-o‘rindagi "Leypsig"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. Myunxenliklar o‘rtacha hisobda bir o‘yinda deyarli to‘rtta to‘p kiritmoqda.
Barcha klub musobaqalarini qo‘shib hisoblaganda, so‘nggi 12 o‘yinda "Bavariya" 12 g‘alabaga erishdi.