Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Reyting. Gollar marafoni: yuzlik marrasiga kim tezroq?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

XXI asr futbolining rivoji shundan dalolat bermoqdaki, hujumchilar faoliyati tezlashdi, statistika samaradorlikka bog‘liq bo‘lib qoldi. Keyn, Xoland, Ronaldu va boshqalar — nafaqat gol urish, balki jamoa taktikasidagi asosiy hal qiluvchi bo‘g‘inga aylangan. 100 gol — bu faqat raqam emas. Bu sabr, mahorat va doimiy mehnatning yuksak darajadagi ifodasidir. Garri Keyn ayrim eng mashhur va buyuk futbolchilarni ortda qoldirib, o‘z faoliyatida 100ta golga eng tezkor erishgan futbolchiga aylandi. Hujumchilar maydonda hammasini osondek ko‘rsatishadi, ammo aslida gol urish — o‘yindagi eng og‘ir vazifa. Shuning uchun ham eng yaxshi markaziy hujumchilar transfer bozorida juda katta narxga basholanadi. Keynning yutuqlaridan so‘ng XXI asrda bir klub safida 100ta golni eng tez urgan futbolchilarni ko‘rib chiqamiz.

10. Kilian Mbappe («PSJ») - 137 o‘yin

U yoshligidanoq «Monako» bilan Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqib, Liga 1 g‘olibligini qo‘lga kiritganidan so‘ng «PSJ» uni katta mablag‘ evaziga sotib oldi. «PSJ» Neymar uchun 222 million yevro sarflagan yilning o‘zidayoq Mbappeni ham olib keldi. Mbappe Parijda o‘ta samarali o‘yin namoyish qildi va 137 o‘yinda 100 ta gol urib, kutilgan darajadagi natijani qayd etdi.

9. Robert Levandovski («Bavariya») - 136 o‘yin

Levandovski «Borussiya Dortmund» safida Yevropa miqyosidagi eng kuchli hujumchilardan biriga aylandi. U «Real» darvozasiga 2013 yil YECHL yarim finalida bir o‘yinda 4ta gol urgani bilan yodda qolgan. 2014 yilda u erkin agent sifatida «Bavariya»ga o‘tdi va Pep Gvardiola qo‘l ostida yanada samarali o‘ynadi. Gerd Myullerning 365ta gollik Bundesliga rekordini yangilay olmadi, ammo 312ta gol urib, 2020|21 yilgi mavsumda 41ta gol bilan Myullerning bir mavsumdagi natijasini ortda qoldirdi.

8. Edinson Kavani («Napoli») - 135 o‘yin

Kavani «MYU»dagi so‘nggi yillarida ham muxlislar mehrini qozongan bo‘lsa-da, u haqiqiy shiddatini «Napoli»da namoyon etgan. U 2010-2013 yillar orasida neapolliklar safida 138 o‘yinda 104ta gol urdi. Agar u kuchliroq jamoa­da o‘ynaganida, ehtimol, «San-Paulu» stadionida Maradona darajasidagi afsonaga aylanardi.

6-7. Ruud van Nistelroy («MYU») - 131 o‘yin

Fergyuson uning tizzasiga jarohat olgani uchun uzoq kutgan, ammo Van Nistelroy «Old Trafford»da tez orada haqiqiy gol mashinasiga aylandi. Pol Skoulzning ta’kidlashicha: «U bezohir gol urushga intilardi. Agar Genri o‘sha haftada gol urgan bo‘lsa, Van Nistelroy butun yo‘lda jim o‘tirardi — uning maqsadi dunyoda eng ko‘p gol urish edi».

6-7. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») - 131 o‘yin

«Real» bilan 4 marta Chempionlar Ligasini yutib, turnirning tarixdagi eng yaxshi to‘purariga aylangan Ronaldu 2018 yilda «Yuventus»ga keldi. Turinliklar uni YECHLdagi so‘nggi «pazl bo‘lagi» deb bilishgan, ammo kutilgan natijalar bo‘lmadi — klub «Ayaks», «Lion» va «Portu»dan mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, Ronaldu 131 o‘yinda 100ta gol urdi va Italiyada ham samarali bo‘ldi.

5. Zlatan Ibragimovich («PSJ») - 124 o‘yin

2012 yilda «PSJ»ga kelgan Ibragimovich bu vaqtgacha Italiya, Ispaniya va Niderlandiyada chempionliklarni qo‘lga kiritgan edi. U Parijda 4 mavsumda ham chempionlikni yutib, har mavsumda kamida 30ta gol urdi. Oxirgi yili 51 o‘yinda 50ta gol urib, haqiqiy afsonaga aylandi.

4. Luis Suares («Barselona») - 120 o‘yin

«Liverpul»da raqib darvozabonlar uchun haqiqiy dahshat bo‘lgan Suares 2014 yilda «Barselona»ga rekord narxda o‘tdi. JCH-2014da Kyellinini tishlagani uchun 4 o‘yinlik diskvalifikasiya olgan bo‘lsa-da, u qaytib kelgach, Neymar va Messi bilan birga tarixiy uchlikni shakllantirdi. Birinchi mavsumdayoq 39 o‘yinda 25ta gol urdi va «Barselona»ga trebl (La Liga, Kubok va YECHL) sovrinlarini olib berdi.

2-3. Krishtianu Ronaldu («Real») - 105 o‘yin

2009 yilda dunyo rekordiga teng 94 mln. yevroga «Real Madrid»ga o‘tgan Ronalduning birinchi mavsumida trofey bo‘lmagan, ammo u 33ta gol urdi. Keyingi 6 mavsumda u har yili kamida 50ta gol urdi va natijada Raulni ortda qoldirib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

2-3. Erling Xoland («Manchester Siti») - 105 o‘yin

2022 yilda 51 mln. funt sterling evaziga «Siti»ga qo‘shilgan Xoland debyut o‘yinidayoq «Vest Xem» darvozasiga ikki gol urgan. Birinchi mavsumida u barcha musobaqalarda 38ta gol urdi va klub bilan treblni qo‘lga kiritdi. Uning 100ta golgacha yetishi uchun bor-yo‘g‘i 105 o‘yin yetarli bo‘ldi.

1. Garri Keyn («Bavariya») - 104 o‘yin

«Bir mavsumlik mo‘’jiza» degan ta’rifga sig‘maydigan natija. Keyn «Bavariya»ga o‘tgach, 100ta gol marrasiga atigi 104 o‘yinda yetishib, Levandovski va Ronalduni ham ort­da qoldirdi. Uning Germaniyadagi samaradorligi haqiqiy rekordlarga teng bo‘lmoqda.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:44, 24.11.2025. O'qildi: 3327 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.