Turkiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshehir" - "Trabzonspor" uchrashuvida 4:3 hisobida mehmonlar g‘alaba qozondi.
10-daqiqadayoq mezbonlar himoyachisi Festi Ebosele qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 22-daqiqada Devi Zeke penaltidan gol urib, "Bashakshehir"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Filipe Augusto muvozanatni tiklangan bo‘lsa, 45-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov mezbonlarning ikkinchi golini urdi.
76 va 77-daqiqalarda Pol Onuachu (penaltidan) hamda Ernest Muchi gollari evaziga mehmonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi.
Bergut Ozgyur 90+1-daqiqada "Bashakshehir"ning 3-golini kiritdi. O‘yin durangga qarab yakunlanayotgan vaqtda Ernest Muchi (90+10)-daqiqada dahshatli zarbasi bilan darvozani ishg‘ol qilib, "Trabzonspor"ga g‘alaba keltirdi.
"Bashakshehir" 13 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. "Trabzonspor" 28 ochko bilan 3-pog‘onada.
Turkiya chempionati. 13-tur
24 noyabr, 22:00
Bashakshehir - Trabzonspor - 3:4
Gollar: 22 - 1:0, Devi Zelke (penaltidan), 37 - 1:1, Filipe Augusto (Eskixellan), 45 - 2:1, Eldor Shomurodov (Onur Bulut), 76 - 2:2, Pol Onuachu (penaltidan), 77 - 2:3, Ernest Muchi (Arseniy Batagov), 90+1 - 3:3, Bertyug Ozgyur (Nuno da Koshta), 90+10 - 3:4, Ernest Muchi (Arseniy Batagov)
Qizil kartochka: 10 - Festi Obesele ("Bashakshehir").