"Napoli" Italiya chempionatining 17-turida "Kremoneze" mehmoni bo‘ldi - 2:0.
Mehmonlarning ikkala goliga ham 13 va 45-daqiqalarda Rasmus Xyoylund mualliflik qildi. Ikkinchi golli vaziyatda unga Skott Maktominay to‘pni uzatdi.
"Napoli" ochkolarini 34taga yetkazib, A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Kremoneze" (21 ochko) 12-pog‘onadan joy olgan.
4 yanvar kuni neapolliklar safarda "Lasio"ga qarshi bahs olib borsa, "qizil-kulranglar" safarda "Fiorentina" bilan kuch sinashadi.
Kremoneze - Napoli - 0:2
Gollar: Xyoylund, 13 (0:1). Xyoylund, 45 (0:2)
Kremoneze: Audero, Byanketti (Floriani, 82), Baskirotto, Terrachchano, Pessella, Dzerbin (Bonassoli, 77), Payero, Grassi (Bondo, 77), Barbyeri (Yonsen, 60), Sanabriya (Mumbanya, 60), Vardi
Napoli: Milinkovich-Savich, Juan Jezus, Rraxmani, Di Lorenso, Spinassola (Gutyerres, 46), Maktominay, Lobotka, Politano (Massokki, 88), Elmas (Lang, 51), Neres (Buondjorno, 73), Xyoylund (Lukka, 88)
Ogohlantirishlar: Barbyeri, 58. Bonassoli, 84 - Juan Jezus, 34. Maktominay, 45