"Atletik" Ispaniya chempionatining 18-turida "Osasuna" mehmoni bo‘ldi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
34-daqiqada Ruben Garsiya mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 71-daqiqada Gorka Guruseta Robert Navarroning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi.
"Atletik" 24 ochko bilan La Liga turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni saqlab turibdi. "Osasuna" ochkolarini 19taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Bilbaoliklar navbatdagi o‘yinni 7 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Barselona"ga qarshi o‘tkazsa, "qizillar" 10 yanvar kuni "Jirona" mehmoni bo‘ladi.
Osasuna - Atletik - 1:1
3 yanvar, 20:15. El Sadar (Pamplona)
Gollar: Garsiya, 34 (1:0). Guruseta, 71 (1:1)
Osasuna: Errera, Errando, Katena, Galan, Rozye (Argibide, 86), Torro, Monkayola, Oros (Moyses Gomes, 83), Munyos, Garsiya (Raul Garsiya, 76), Budimir (Barxa, 76)
Atletik: Simon, Vivian, Paredes, Boyro, Gorosabel (Areso, 69), Ruis de Galarreta (Rego, 60), Xauregisar, Sanset (Berenger, 60), Uilyams (Serrano, 90), Inyaki Uilyams (Navarro, 60), Guruseta
Ogohlantirishlar: Monkayola, 67. Katena, 73. Errando, 77 - Paredes, 9. Boyro, 53. Berenger, 73