Londonning Arsenal jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasi 32-turida Bornmutga qarshi (1:2) uchrashuvdagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Hafsalani pir qiladigan natija. Bu go‘yo yuzga urilgan kuchli zarba kabi, endi esa barchasi bizning qanday reaksiya ko‘rsatishimizga bog‘liq. Bu jamoa bekorga 11 o‘yin davomida mag‘lub bo‘lmagan — ular ko‘p narsani to‘g‘ri qildi. Biz esa samaradorlik borasida yaxshi bo‘lmadik. Raqibning jarima maydonimizdagi birinchi imkoniyati — rikoshet, himoyadagi noaniqlik va bu golga aylandi. Bunday holatdan keyin o‘zimizni tiklashimiz kerak.
Ikkinchi bo‘limda boshqacha o‘yin kutasiz. Bugun biz ko‘plab g‘alati harakatlar qildik. Odatda esa juda barqarormiz. Bu — futbol, bunday holatlar bo‘lib turadi.
O‘yinchilar uchun bu juda og‘riqli. Va shunday bo‘lishi ham kerak. Ular buni qabul qilib, yana turib, kurashni davom ettirishi shart, aks holda siz ortda qolasiz. Oldinda muhim hafta turibdi, ko‘p narsa hal bo‘ladi. Biz hali ham har ikki musobaqada yaxshi holatdamiz», — deya Arteta so‘zlarini BBC keltiradi.
Hozirgi holatga ko‘ra, «Arsenal» 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Bornmut» esa 45 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi.
Keyingi turda «kanonirlar» safarda "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi (19 aprel), «Bornmut» esa "Nyukasl Yunayted" bilan mehmonda o‘ynaydi (18 aprel).