Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Kristal Pelas - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol-2026: Bizni kutayotgan xalqaro musobaqalar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

2026 yil hisobidan biz uchun ahamiyatli birinchi xalqaro turnir yakuniga yetdi hisob. Afsuski, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar termasi Saudiya Arabistonidan ertaroq qaytdi chorak finaldagi alamli mag‘lubiyat tufayli. Xo‘sh, oldinda bizni yana qanday xalqaro turnirlar kutmoqda?

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. Start – 27 yanvar

Indoneziyada tashkillashtiriladigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati startiga oz qoldi – 27 yanvardan 7 fevralgacha qit’aning 16ta kuchli jamoasi qit’a futzal toji uchun kurash olib boradi. Jumladan, Nodir Eliboyev boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal termasi «C» kvartetidan joy olgan.

1-tur. 28 yanvar. O‘zbekiston – Tojikiston

2-tur. 30 yanvar. Avstraliya – O‘zbekiston

3-tur. 1 fevral. Yaponiya – O‘zbekiston

Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi. Start – 1 mart

1-21 mart kunlari ayollar futboli ixlosmandlari o‘z nigohlarini Avstraliya tomon burishadi. Bu safargi qit’a chempionatida uzoq tanaffusdan keyin O‘zbekiston ayollar termasi ham ishtirok etadi. Umuman, kubok uchun 12ta jamoa kurashga kirishadi. Kotrine Kulbite boshqaruvidagi jamoamiz raqiblari orasida jahonda o‘z o‘rniga ega KXDR termasi bor.

1-tur. 3 mart. KXDR – O‘zbekiston

2-tur. 6 mart. O‘zbekiston – Xitoy

3-tur. 9 mart. Bangladesh – O‘zbekiston

Ayollar o‘rtasidagi OCHL-2025/2026

15 yanvar kuni tashlangan qur’aga ko‘ra, «Sevinch» ayollar CHL chorak finalida «Melburn Siti» (Avstraliya) mehmoni bo‘ladi 22 yoki 23 mart kuni. Agar qarshiliklar Avstraliya klubi to‘sig‘idan o‘tishsa, 20-23 may kunlariga belgilangan to‘rtlik final raundiga o‘itishadi.

U-20 toifasida ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi. Start – 1 aprel

1-18 aprel kunlariga belgilangan va Tailandda bo‘ladigan musobaqaning 12ta ishtirokchisi qatorida O‘zbekiston U-20 termasi ham bor.

1-tur. 2 aprel. J.Koreya – O‘zbekiston

2-tur. 5 aprel. O‘zbekiston – KXDR

3-tur. 8 aprel. O‘zbekiston – Iordaniya

U-17 toifasidagi Osiyo chempionati. Start – 7 may

7-24 may kunlari Saudiya Arabistoni yana bir bora U-17 toifasidagi Osiyo kubogini qabul qiladi. 16ta jamoa ishtirok etadigan musobaqaning final raundiga 12 fevral kuni qur’a tashlanadi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi amaldagi chempion sifatida birinchi savatchadan joy olgan.

JCH-2026. Start – 11 iyun

Yilning eng katta va butun O‘zbekiston kutayotgan musobaqasi. Bu safar AQSH, Meksika va Kanadada 48ta jamoa to‘planadi. Jumladan, mundial debyutanti «K»  guruhida Kolumbiya va Portugaliya termalari kabi jiddiy raqiblarga qarshi o‘ynaydi. Umuman, jahon futbol forumi 19 iyulgacha davom etadi.

1-tur. 18 iyun. O‘zbekiston – Kolumbiya

2-tur. 23 iyun. Portugaliya – O‘zbekiston

3-tur. 28 iyun. «Pley-off» g‘olibi – O‘zbekiston

Elit OCHL-2026/2027 va OCHL-2-2026/2027. Start – sentyabr

Kuzning birinchi oyi o‘rtalari (14-17 sentyabr)da Elit OCHL va OCHL-2 turnirlarining navbatdagi mavsumi yo‘lga chiqadi. Ushbu ikki turnirda futbolimiz sharafini tegishlicha amaldagi chempion – «Neftchi» va kubok egasi «Paxtakor» himoya qiladi.

2026 yil futbol taqvimida yana bizga daxldor FIFA Series turniri, Osiyo o‘yinlari, U-17 toifasidagi JCH (jamoamizning kichik mundialga chiqishiga ishonamiz, albatta) kabi musobaqalar bor. Qolaversa, 11 aprel kuni O‘zbekiston milliy jammoasi ishtirok etadigan OK-2027 final raundiga qur’a tashlanadi. Qit’a chempionatining o‘zi esa 2027 yilning 7 yanvar – 6 fevral kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 23:56, 21.01.2026. O'qildi: 2181 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик