Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Tata Steel Chess turniri davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi.
Musobaqaning Masters guruhi 6-tur bahslari doirasida O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi amaldagi chempion Gukesh Domaradjuga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Ispancha partiyaning 35-yurishigacha vaziyat mutlaqo teng edi. Ammo 36-yurishda Gukesh kutilmaganda juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va Nodirbek o‘sha zahoti raqibini jazoladi. Hindistonlik grossmeyster o‘sha zahotiyoq taslim bo‘ldi.
Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov ushbu turda hindistonlik Aravindh Chitambaramga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Hamyurtimiz o‘yin o‘rtalariga kelib ustunlikni qo‘lga oldi.
Partiyaning vaqt qo‘lishishi kerak bo‘lgan 40-yurishida Javohir raqibning tekin turgan Ruhini urish o‘rniga piyodasini Farzinga chiqarish uchun surdi. Bu paytda tomonlarga vaqt qo‘shildi. Bunday foydalangan Chidambaram doimiy Shoh berish yo‘lini topdi va bahs durang bilan tugadi.
Abdusattorov bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 4,5 taga yetkazib, yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. Sindarov esa 4,0 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
7-turda Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinent Keymerga qarshi, Javohir Sindorov esa AQSHlik Xans Nimannga qarshi bahs olib boradi. 6-tur bahslari 24 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Musobaqa 13 turdan iborat. Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Abdusattorov 2025 yilgi Tata Steel Chess turnirida 3-o‘rinni egallagan edi.