"Milan", "Yuventus" va Italiya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Andrea Pirlo Zinedin Zidanga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
- JCH-2006 finalining birinchi bo‘limida sen himoyachilaring yoniga tez-tez kelib, hujumni boshlab berarding va Zidan sen bilan o‘ynardi. Uning bosimi senga qanchalik to‘sqinlik qildi?
- Men Zidan bilan maydonda ko‘p uchrashganman: u Italiyada "Yuventus"da o‘ynaganida ham, keyinchalik "Real"da bo‘lganida ham. Terma jamoalarimiz ham tez-tez to‘qnash kelardi, shuning uchun bunga ko‘nikolmasdim.
Albatta, Zidan o‘shanda dunyoning eng yaxshilaridan biri edi, shuning uchun unga qarshi o‘ynash har doim juda qiyin bo‘lgan. Lekin unga ham men bilan muomala qilish oson emasdi.
- To‘p nazorati ostida bo‘lgan Zidanga qarshi o‘ynash qanchalik qiyin? Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
- Bu og‘ir, lekin siz keskin harakat qilmasligingiz kerak, chunki u istalgan vaqtda soxta harakat qilishi va yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin - u chap va o‘ng oyoq bilan bir xil darajada yaxshi o‘ynaydi.
U bilan jismonan kurashish hammasidan qiyin edi, chunki u mendan balandroq va kuchliroq edi. Shuning uchun men har doim unga juda yaqinlashmaslikka harakat qilardim, buning o‘rniga u nima qilishini oldindan bilishga harakat qilardim", - dedi Pirlo.