«Manchester Siti» himoyachisi Natan Ake yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining ketishi varianti ko‘rib chiqilmoqda, ammo mavsum yakunlanguniga qadar u faqat jamoa safidagi o‘yinlarga e’tibor qaratgan. Yakuniy qaror mavsum natijalariga qarab qabul qilinishi kutilmoqda.
Niderlandiyalik himoyachiga Italiya klublari yanvar oyida ham qiziqish bildirgan edi va yozda ular muzokaralarga qayta olishi mumkin.
2027 yilgacha amal qiladigan shartnomasiga qaramay, Ake Pep Gvardiola boshchiligidagi tarkib yangilanishi doirasida «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri hisoblanadi.
2025/26 mavsumda himoyachi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi va Yoshko Gvardiol, Ruben Diash hamda jamoaning yangi futbolchilariga raqobatda yutqazdi.
Avvalroq Ake o‘yin vaqti kamayganiga ko‘nikish oson emasligini tan olgan, garchi bosh murabbiy uning professional sifatlarini yuqori baholashda davom etayotgan bo‘lsa ham.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 26 ta uchrashuvda qatnashib, samarali harakatlar qayd etmadi.
Eslatib o‘tamiz, Ake 2020 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surib kelmoqda va «Bornmut»dan ko‘chib o‘tgan edi. Shu vaqt ichida u Angliyaning to‘rt karra chempioniga aylandi, shuningdek, 2023 yilda trebl rasmiylashtirib, Chempionlar ligasini ham qo‘lga kiritgan.