Muborakning «Mash’al» futbol klubi 2026 yilgi mavsum oldidan muhim qaror qabul qildi. Jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tajribali mutaxassis Igor Aleksandrovich Surov tayinlandi.
40 yoshli Igor Surov murabbiylik faoliyati davomida Markaziy Osiyo futbolida muayyan tajriba to‘plashga ulgurgan. Mutaxassis «Mash’al»ga kelishidan avval Tojikistonning «Esxata» hamda Qirg‘iz Respublikasining «Bars» jamoalarida bosh murabbiy sifatida ish olib borgan.
Uning xorij chempionatlaridagi amaliy tajribasi muborakliklarning yangi mavsumda oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Ayni paytda «Mash’al» jamoasi yangi bosh murabbiy rahbarligida mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Murabbiylar shtabi tarkibni kuchaytirish, jamoaviy o‘yinni shakllantirish hamda taktik jihatdan barqaror jamoa barpo etish ustida ish olib bormoqda.
«Mash’al» klubi yangi murabbiy qo‘l ostida muxlislarini chiroyli o‘yinlar va g‘alabalar bilan xursand qilishni maqsad qilgan.