«Manchester Siti» Angliya chempionatining 26-turi doirasida o‘z maydonida «Fulxem»ni qabul qilib, 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. «Etixad» stadionida kechgan bahsda barcha gollar birinchi bo‘limning o‘zidayoq kiritildi.
O‘yinning 24-daqiqasida Antuan Semenyo hisobni ochgan bo‘lsa, oradan olti daqiqa o‘tib Niko O'Rayli oradagi farqni oshirdi. 39-daqiqada esa Erling Xoland yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» ochkolari sonini 53 taga yetkazib, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirdi. «Fulxem» esa 34 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.
Angliya Premyer-ligasining 26-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Fulxem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv tafsilotlarini taqdim etaman:
Angliya Premyer-ligasi. 26-tur | «Etixad» stadioni