«Liverpul» Angliya chempionatining 26-turi doirasida safarda «Sanderlend» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Sanderlenddagi «Stedium of Layt» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. O‘yinning 61-daqiqasida himoyachi Virdjil van Deyk Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Ushbu gol bahsda yagonaligini saqlab qoldi va «qizillar»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» ochkolari sonini 42 taga yetkazib, APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. «Sanderlend» esa 36 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.
Angliya Premyer-ligasi. 26-tur | 12 fevral | «Stadium of Light» (Sanderlend)