Bryusselda UYEFA Millatlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi formatga ko‘ra, A, B va C divizionlarida 16 tadan jamoa, D divizionida esa 6 ta jamoa ishtirok etadi.
Qur’a natijalari bilan tanishing:
Liga A:
-
1-guruh: Fransiya, Italiya, Belgiya, Turkiya;
-
2-guruh: Germaniya, Niderlandiya, Serbiya, Gresiya;
-
3-guruh: Ispaniya, Xorvatiya, Angliya, Chexiya;
-
4-guruh: Portugaliya, Daniya, Norvegiya, Uels.
Liga B:
-
1-guruh: Shotlandiya, Shveysariya, Sloveniya, Shimoliy Makedoniya;
-
2-guruh: Vengriya, Ukraina, Gruziya, Shimoliy Irlandiya;
-
3-guruh: Isroil, Avstriya, Irlandiya, Shvesiya;
-
4-guruh: Polsha, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya, Kosovo.
Liga C:
-
1-guruh: Albaniya, Finlyandiya, Belarus, San-Marino;
-
2-guruh: Chernogoriya, Armaniston, Kipr, Latviya/Gibraltar;
-
3-guruh: Qozog‘iston, Slovakiya, Farer orollari, Moldova;
-
4-guruh: Islandiya, Bolgariya, Estoniya, Lyuksemburg/Malta.
Liga D:
-
1-guruh: Gibraltar/Latviya, Malta/Lyuksemburg, Andorra;
-
2-guruh: Litva, Ozarbayjon, Lixtenshteyn.
Millatlar ligasining 2026/27 yilgi mavsum o‘yinlari 2026 yilning sentyabr oyida boshlanadi. Turnirning final bosqichi esa 2027 yilning 9–13 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.