UYEFA 2024/2025 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha yevrokuboklarda ishtirok etgan klublarga to‘langan mukofot pullari miqdorini rasman e’lon qildi. Yangi formatdagi ilk mavsum tashkilot uchun moliyaviy jihatdan rekord darajada muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Eng katta ulush kutilganidek Yevropa Chempionlar Ligasi ishtirokchilariga nasib etdi. UYEFA ushbu turnir uchun jami 2,467 milliard yevro ajratdi, bu esa Yevropa Ligasiga to‘langan mablag‘dan qariyb 2 milliard yevroga ko‘p demakdir.
Yevrokuboklardagi jami to‘lovlar (2024/2025 mavsumi):
| Turnir |
Jami to‘lov miqdori |
| UYEFA Chempionlar Ligasi |
2,467 mlrd € |
| UYEFA Yevropa Ligasi |
564 mln € |
| UYEFA Konferensiyalar Ligasi |
285,2 mln € |
Finalchilarning daromadlari:
Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgan jamoalarning daromadlari ichki va xalqaro marketing ulushlari sababli farq qildi:
-
«PSJ» (CHL g‘olibi) — 144,4 mln € (ba’zi manbalarda 148 mln yevrogacha).
-
«Inter» (CHL finalchisi) — 136,6 mln €.
Yevropa Ligasining hal qiluvchi bahsida to‘qnash kelgan ingliz klublari esa sezilarli darajada kamroq daromad olishdi:
-
«Tottenxem» — 41,3 mln €.
-
«Manchester Yunayted» — 36,4 mln €.
Qayd etish joizki, yangi formatga ko‘ra, Chempionlar Ligasining guruh (umumiy) bosqichida qatnashgan har bir jamoa kamida 18,62 mln yevro miqdoridagi kafolatlangan to‘lovga ega bo‘lgan.